O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


-bet.  Elektron ta’lim resurslari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

.
361-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari 
o’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda 
o’quv fani o’qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch 
kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so’ng, o’rganilishi zarur bo’lgan mavzu va 
shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o’tish metodi, usuli tanlanadi. 
Interfaol yondashuv. O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit 
yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini 
kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda 
hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish 
etadilar. 
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib 
boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va 
malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, 
axborot, kommunikatsiya va h.k.)masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur 
metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori 
darajada bo’lishi, shart hisoblanadi. 
Loyihalash 
metodi 
orqali 
o’quvchilarda 
quyidagi 
shaxsiy 
kompetensiyalar 
shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; 
tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish; 
tashxislash; 
motivatsiya. Tanqidiy tafakkur 
metodi 
Muammoli modulli ta’lim metodi. 
Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi. 
Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va 
pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik 
bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi. O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan 
ta’lim. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchiodamni 
Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ 
tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir. 
Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy 
topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega 
bo’ladigan o’qitish tizimidir. 
Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) 
masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun 
loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.


59 
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his 
etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila 
bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash. 
KLASTER (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning 
mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni 
yig‘ish. 
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro 
bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Klasterni tuzish qoidasi 
bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 
so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida 
mavzu bilan bog‘liq so’z va takliflar kichik doirachalar "yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni 
"asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo’ldoshlarda” "kichik yo’ldoshlar” 
bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi 
mumkin. Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) 
alomat. Ajratilgan 
alomatlar 
asosida 
olingan 
ma’lumotlarni 
birlashtirishni 
ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini 
rivojlantiradi. Toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga 
mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari 
paydo bo’lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti 
.
BBB 
Jadvali - 
Bilaman/ 
Bilishni 
hohlayman/ 
Bilib 
oldim.
Mavzu, 
matn, 
bo’lim 
bo’yicha 
izlanuvchilikni 
olib 
borish 
imkonini 
beradi.
Tizimli 
fikrlash, 
tuzilmaga 
keltirish, 
tahlil 
qilish 
ko’nikmalarini 
rivojlantiradi.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar. 
"Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob 
beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo’limlarini 
to’ldiradilar. 
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar. 
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo’limini to’ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash 
yoki 
qarama-qarshi 
qo’yish 
uchun 
qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma 
Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar, 
o’zlarining diagrammalrini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch 
doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi. 
1.
Aylana yoki to’g‘ri to’rtburchak shakllaridan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
2.
Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g‘ri chiziqli, to’g‘ri chiziqli emasligini 
o’zingiz tanlaysiz. 
3.
Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan 
yo’nalishingizni belgilaydi.


60 
Boshlang’ich 
sinflarda 
tayanch 
kompetensiyalarni shakllantirish 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va o‘rta 
maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi “Umumta’lim maktablari fanlari 
bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish 
to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi 
olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim 
standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. 
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha 
DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 
yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari 
bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari 
va o‘quv dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul 
qilindi. 2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil 
etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi 
vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga, filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy 
fanlarga, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari 
olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan bugungi kunda 
amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi 
(boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son 
qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida 
quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini 
mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan 
shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun 
tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy 
yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga 
muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan 
davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav 
yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 
2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va 
kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga 
yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, 
o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli 
xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch 
keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha 
raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. 
Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish 
kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, 
matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish 
kompetensiyalari kiradi. 


61 
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda 
muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot 
hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, 
mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy 
adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan 
fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning 
o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga 
qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday 
muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – 
o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining 
rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va 
shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos 
situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy 
muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining 
yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan 
xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara 
boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib 
borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga 
aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat 
tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita 
bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu 
yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi 
tadqiqotlarga 
nisbatan 
yuqoriroq 
miqdoriy 
ko'rsatkichlar 
aniqlandi. 
Kommunikativ 
kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda 
jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab 
o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. 
Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, 
o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan 
faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi 
orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda 
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim 
jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va 
ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab 
qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari 
- davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, 
televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, 
internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish 
uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi 
taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik 
kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga 
ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod 
katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga 
ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun 
mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, 
barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat 


62 
qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan 
ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, 
jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular 
bilim sanalmaydi. Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy 
tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz 
ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta 
miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni 
o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida 
tushkunlikni keltirib chiqaradi. Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham 
boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada 
o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH 
pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin: 
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash; 
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; 
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash. 
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish 
va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. 
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. 
Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun 
rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni 
yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. 
Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har 
bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, 
tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy 
yondashish talab qilinadi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion 
sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida 
bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda 
o'zining ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga 
o'tishida muhim rol o'ynaydi. Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga 
irodaviy jarayonlar ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni 
belgilash, qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va 
mustahkamlashda ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir. 
Bolalarga biron mehnat topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining mayl-xohishlarini 
yengib, mehnat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarishga intiladilar. Bolalardagi irodaviy harakatlami 
rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni 
parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. 
Bunda faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu 
topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish 
lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bundan tashqari 
bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik, mustaqillik, 
tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar irodasining bunday 
sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada 
bo'lmaydi.


63 
Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik 
xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa, 
o'zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Jamoa 
rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning birgalikdagi 
faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi 
maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik 
kompetensiyasini rivojlantirishda o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon 
bo’ladigan munosabatilarni tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini 
shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari 
dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning o’zaro ga qanday munosabatda ekanliklarini, 
o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini 
kuzatadi va kerakli tadbirlarni qo’llaydi. Maktab o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning 
hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi bog’, tokzor, issiqxonada 
o’tkaziladigan amaliy jarayon – daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt 
o’tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o’quvchilarda katta qiziqish 
uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda sinflarni, o’quv xonalarini va 
maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar, 
did, dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas 
uyg’otadi. Shuningdek, tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash 
mumkin. Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf 
o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. O’qituvchining shaxsiy 
fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. O’qituvchi uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z 
tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, 
odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda 
ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan 
cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik 
namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish 
kompetensiyasida o’quv mehnatiga ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning 
shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam 
favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum narsa va 
hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali 
munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. O’zlashtirishning past bo’lishi, aksariyat 
hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko’nikmasining bolalarda 
shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o’qituvchilarining asosiy vazifasi har 
bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog’liq: 
1.Faoliyatni reja asosiga qurish. 
2. Qunt bilan ishlash. 
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish. 
4. Bilim sifatini oshirish. 
5. Qiyinchiliklarni yengish. 
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini o’quvchining dam olishi 
bilan to’g’ri almashtirib borilishidir. 


64 
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro yordam sinfda 
ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib 
keladi. 
8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, 
balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. 
Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. 
Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil 
ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda 
qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv 
mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
o’zlashtirish sifatini oshirish mumkin. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin