O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Ilmiy qarash(yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) 
- muayyan hodisa, 
jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan 
mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash
solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. 
O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan 
ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini 
ta’minlaydi. 
Ilmiy tafakkur
–inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-


70 
hodisalar, 
jarayonlarga 
nisbatan 
ilmiy 
yondashuvni 
anglatadi. 
E’tiqod
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-
axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz 
ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va 
vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-
axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan 
olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil 
etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod 
barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan 
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl 
mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin