O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


Shaxs  dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi.  Aqliy tarbiya



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b


Shaxs 
dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. 
Aqliy tarbiya
shaxsga tabiat va 
jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini 
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida 
dunyoqarash shakllanadi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani 
berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri 
ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. 
Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, 
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi. 
Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga 
kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini 
hosil qilishga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish. 
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish. 
1.
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. 
2.
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish. 
3.
Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, 
tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik
kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud 
ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va 
hokazolar)ni 
rivojlantirish. 
Aqliy 
ta’lim va 
tarbiya birligi 
asosida 
shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy 
faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning 
mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra 
aniqlanishi mumkin: 
1.
Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. 
2.
Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni. 
3.
Fikrlash ko’nikmasiga egalik. 
4.
Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi. 
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning 
shakllanishida 
ilmiy 
qarash 
va 
e’tiqod 
o’ziga 
xos 
o’rin 
tutadi.. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin