O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga 
kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish” tushunchasini 
aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik 
tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham 
barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan 
chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga 
keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik 
tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro 
bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya 
jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy 
shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada 
elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish 
emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik 
tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv tarbiyaviy jarayonni 
boshqarish”, “texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan chizmadagi 
pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon 
tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, 
o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma 
tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga 
egadir. Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb 
ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. 
Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan 
mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har 
doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy 
“to‘plamidan” ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi 
imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash 
darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum 
jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa 
yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni 
loyihalashtirish metodik “tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas” xulosasini 
bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi 
ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog 
tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l 


79 
qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy 
yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, 
tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u 
yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi 
o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti 
natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish 
vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek 
pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida 
pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq 
hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq 
hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan 
ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida 
o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini 
ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, 
har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni 
ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli 
ko‘rsatgich, “harajat” va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning 
foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va 
sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina 
fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 
100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari 
erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim 
tuzilishiga nazar tashlaylik, u “yomon” va “yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning 
uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu 
munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% 
esa 
o‘quvchiga 
bog‘liq. 
Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik 
o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% 
dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan 
oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina 
ko‘prog‘i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning 
umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash 
mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har 
tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki 
har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni 
o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish kerak. Pedagogik tizimni takomillashtirishning 
asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki 
imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-
uskunalar, 
texnologiyalar 
xisobiga 
takomillashtirishni 
ko‘zda 
tutadi. 
Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: 
maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan, 
hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, 
uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda 
maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan 


80 
bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda 
yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona 
tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina 
bildiradi degan fikrni aytmoqdalar. G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni 
yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi 
differensatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan 
pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil 
ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi 
innovatsiya (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon 
beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini 
chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi 
pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi 
texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa 
bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi” chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki 
chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi. Agar shunday 
nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. 
Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi “retsept”lar ham yo‘q.
Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi 
bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy 
yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. 
Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha 
umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan 
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi. Nazorat 
shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, 
magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini 
baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga 
qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa 
ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta 
tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda 
o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq 
imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, 
awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. 
Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. 
Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan 
o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi 
matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi 
fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi. G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan 
natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini 
axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch 
shahobchani belgilaydi: 
1. Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul 
qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik 
qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda 
axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va 
o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat 


81 
hisoblanadi. 
2. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), 
ta’limiy 
axborotlarning 
asosiy 
psixologik 
harakati 
korreksiyasini 
qamrab 
oladi. 
3. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) 
axborotlar 
o‘qituvchidan 
o‘quvchiga 
uzatilish 
shahobchasi. 
O‘quv jarayonining samaradorligi: 
• 
o‘quv 
axborotlari 
mazmunining 
yeng 
maqbul 
tuzilmasi; 
• 
boshqarish 
samaradorligi 
va 
bilish 
faoliyatini 
tashkil 
etish; 
• axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish; 
• axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq. Tayanch sxemalar 
izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu 
texnologiya asosida quyidagilar yotadi: 
• hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv; 
• o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti; 
• sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam; 
• xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas; 
• o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi; 
• vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi; 
• asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish; 
• bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish. 
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan 
soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli 
tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning 
boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir. 
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi: 
1. Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish; 
2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash; 
3. 
Fikrlash 
usullari 
va 
o‘quv 
xatti-harakatlarining 
ravonligini 
rivojlantirish. 
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv 
jarayonini 
tashkil 
etish 
shakli, 
modeli 
sifatida 
belgilanadi. 
Unda: 
• 
pedagog 
faqat 
birgina 
talaba 
bilan 
o‘zaro 
munosabatda 
bo‘ladi; 
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga 
moslashtiriladi. Shaxsiy yondoshish deganda: 


82 
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida 
talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model 
bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish; 
• 
o‘quv 
jarayonida 
talabalarning 
individual xususiyatini 
hisobga 
olish; 
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun 
psixologik-pedagogik 
tadbirlaryaratish 
tushuniladi. 
O‘qitishni 
individuallashtirish: 
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning 
individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi; 
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma 
‘muriy tadbirlardir. 
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak 
malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa 
leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab 
kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi 
mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. 
Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX 
asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner
11
nomi bilan bog‘liq. U 
materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-
qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. 
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya 
tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha 
belgilaydi: 
• berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati); 
• davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat); 
• tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik); 
• goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali. 
Dasturlashtirilgan 
o‘qitishning 
beshta 
asosiy 
tamoyili 
farqlanadi: 
1. 
Boshqarish 
qurilmalarining 
muayyan 
bosqichliligi 
(ierarxiya) 
tamoyili. 
Bu 
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog 
turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart 
vaziyatlarida 
individual 
yordam 
va 
korreksiya 
o‘rin 
oladi. 
2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini 
boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - 
zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. 
Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham 
zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va 
tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining 
aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa 
ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog 
tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi. 


83 
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon 
tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali 
programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni 
ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan 
nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va 
optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan 
axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. 
Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va 
nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi 
asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi. 
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim 
oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim 
oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi 
unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi. 
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish 
tamoyili. 
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni 
farqlash imkoniyatini beradi: 
• rayon programmalar; 
• tarmoqlanuvchi programmalar; 
• soddalashtirilgan programmalar; 
• aralash programmalar; 
• algoritm; 
• blokli o‘qitish; 
• modulli o‘qitish; 
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish; 
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib 
turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi 
to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. 
To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, 
axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi 
noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat 
topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish 
imkoniyatini beradi. 


84 
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik 
darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy 
ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Modulli o‘qitish. U 
modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs 
mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma 
materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z 
bilan berilishi mumkin. O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, 
quyidagi komponentlardan tashkil topadi: 
• 
aniq 
ifodaga 
ega 
bo‘lgan 
o‘quv 
maqsadi 
(maqsadli 
programma); 
• 
axborotlar 
banki: 
o‘qitish 
programmasi 
shaklidagi 
ayni 
o‘quv 
materiali; 
• 
maqsadlarga 
erishish 
bo‘yicha 
metodik 
qo‘llanma; 
• 
zaruriy 
malakalarni 
shakllantirish 
bo‘yicha amaliy 
mashgulotlar; 
• 
qo‘yilgan 
modul 
maqsadiga 
qatiy 
muvofiq 
keluvchi 
nazorat 
ishi. 
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: 
o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun 
materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va 
qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim 
texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik 
maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan 
tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi” 
saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi 
o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan 
besh tipdan iborat bo‘ladi: 
1) 
mavzuni 
umumiy 
tahlil 
qiluvchi 
darslar 
(ular 
leksiyalar 
deb 
yuritiladi); 
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab 
chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha 
bo‘lishi mumkin); 
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha 
sinovlar); 
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish); 
5) dars-praktikumlar. 
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini 
tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning 
turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S” dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi 
vazifalarni hal qiladi: 
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi; 
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi tayanch standart 
sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni 


85 
qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga 
o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim. 
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy 
faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga 
kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy 
bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va 
qo‘llanishini ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash 
darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi 
ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi 
joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi 
qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u 
chuqurlashtiriladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin