Germaniya ham mikrotarixni o‘rganish bo‘yicha markazlardan biri sanaladi. M. Plank nomidagi jamiyat tarixi institutida bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqotlar olib boriladi. 70-yillarda Germaniyada mikrotarix yo‘nalishiga o‘xshash yangi bir yo‘nalish paydo bo‘ldi, bu “har kunlik tarix” nomini oladi. Bu ta’rifni ilk bor Y.Kokka ishlatadi. 80-yillarda bu yo‘nalish yanada rivojlana boshladi, Germaniyaning g‘arbiy hududlarida M.Krom ta’rifi bo‘yicha “tarixiy bum”holati yuzaga keladi. Bu hududlarda yashovchi aholi o‘z oilasi, qishlog‘i yoki shaharchasi tarixi bilan qiziqadi, joylarda turli “tarixiy ustaxonalar” paydo bo‘ladi. Bu yo‘nalishda og‘zaki tarix metodi keng qo‘llaniladi. Dastlab tanqidga uchragan “har kunlik tarix” 80-yillar oxirida tan olingan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu yo‘nalishga bag‘ishlangan maqolalar A. Lyudtke tahriri ostida 1989-yilda Germaniyada, 1995-yili AQSHda to‘plam holatida nashr etildi. Bu yo‘nalish vakillari asosan XX asr boshi tarixini o‘rganishgan. Oddiy odamlar ongiga fashizm g‘oyasi qanday ta’sir etgani, oddiy odamlar nima uchun fashizmga xayrixoh bo‘lganligi o‘rganilgan. Bu yo‘nalishning mikrotarixdan farqli tomoni shundan iboratki, mikrotarix o‘rganilish davri sifatida o‘rta asrlar va yangi davr boshlarini olsa, bu yo‘nalish asosan XX asrda bo‘lgan hodisalar bilan tadqiqot olib boradi.
Germaniyada mikrotarix yo‘nalishining vakillaridan biri bu X.Medik hisoblanib, u o‘rganish davri sifatida XVII–XIX asrlarni olgan, X.Medik Shvabiya hududlaridagi qishloqlarda tadqiqotlar olib brogan. Tadqiqotlarda asosan shu yerlik aholining diniy tasavvurlari va bu tasavvurlarning insonlar mehnat faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Bu tasavvurlar ularning moddiy madaniyatiga, xususiy mulk haqidagi tushunchalariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tadqiq qilingan. Tadqiqotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, bu qishloqlarda mulkiy munosabatlarda asosiy rolni «protestant etika”o‘ynagan, bu etika mehnat munosabatlarini ham tartibga solib turgan.
Germaniyada mikrotarix yo‘nalishining vakillaridan biri bu X.Medik hisoblanib, u o‘rganish davri sifatida XVII–XIX asrlarni olgan, X.Medik Shvabiya hududlaridagi qishloqlarda tadqiqotlar olib brogan. Tadqiqotlarda asosan shu yerlik aholining diniy tasavvurlari va bu tasavvurlarning insonlar mehnat faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Bu tasavvurlar ularning moddiy madaniyatiga, xususiy mulk haqidagi tushunchalariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tadqiq qilingan. Tadqiqotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, bu qishloqlarda mulkiy munosabatlarda asosiy rolni «protestant etika” o‘ynagan, bu etika mehnat munosabatlarini ham tartibga solib turgan.
Bu asarda Maks Viber kapitalistik tizimning paydo bo'lishini islohot va nasroniylikda protestantlik harakatlarining paydo bo'lishi bilan, ularning mehnat va biznesga bo'lgan alohida munosabati bilan bog'laydi. Muallifning fikricha, protestant diniy -axloqiy majmuasi mehnatsevarlik, tejamkorlik, halollik, ehtiyotkorlikni, ya'ni kapitalizmning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan sifatlarning shakllanishini ta'minlaydi.