O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “tarix va falsafa” kafdrasi



Yüklə 452,02 Kb.
səhifə3/5
tarix13.08.2022
ölçüsü452,02 Kb.
#63105
1   2   3   4   5
mikrotarix annllar maktabi

E.Grendining ta’kidlashicha, bu yo‘nalishning rivojiga ijtimoiy antropologiyaning ta’siri kuchli bo‘lgan. Keyinchalik mikrotarix ham o‘z prinsiplariga ega bo‘lib bordi. J.Levi 1991-yilda mikrotarixga oid katta maqola e’lon qiladi, bu maqolada mikrotarix prinsiplari alohida ta’kidlangan. Shu maqola mikrotarix mohiyatini ochib berishda katta xizmat qildi. Levining fikricha, birinchi navbatda, ushbu yo‘nalish tajribaviy yo‘nalish hisoblanadi, u tajribalarga asoslanadi. Tajribaning eng yuqori cho‘qqisida tadqiqotchi shu tadqiqotdagi eng ikir-chikir nuqtalarni o‘rganishga kirishadi, shu orqali butun tadqiqotni ochib berishga harakat qiladi. Levi shunga urg‘u beradiki, muammoni kichik nuqtada o‘rganish uning hajmini, mazmunini maydalashtirmaydi, balki hayotning ma’lum nuqtasidagi umumiy jarayonlardagi burilish nuqtasini ko‘rishga yordam beradi. Mikrotarixchilar funksionalistlarga qarama-qarshi yo‘nalish vakillari hisoblanib, ular funksionalistlardek ijtimoiymadaniy tizimni umumiy holda emas, balki shu tizimni ma’lum bir kichik nuqtalar, kichik jarayonlar orqali o‘rganishadi.

Разрабатывайте

XX asrga kelib tarixni bayon etishdagi yondashuvlar tanqid ostiga olinadigan buldi. Jumladan, an'anaviy burjua tarixshunosligining ko'plab tushunchalari va uning ta'siri ostida shakllangan maktablar va tendentsiyalar inqirozga uchray boshladi. Marksizmdan tashqarida javob topishga harakat qilgan ijtimoiy fan olimlari real voqyeiliklarni bayon etish uchun sivilizatsiyaning taqdiri haqida yanada chuqur fikrlarga ehtiyoj sezadilar. Frantsiyada bu ehtiyojlarni yuzaga chiqaruvchi olimlar "Annallar maktabi" deb atalgan yo‘nalishga asos solganlar. Annallar maktabi (yoki Nyu-Historical Science) 1929 yilda frantsuz ijtimoiy tarixchilarining ta'sirchan guruhi vakillaridan Lyusen Fevr va Mark Blok tomonidan asos solingan "Annals of Economic and Social History" jurnali bilan bog'liqdir. Bu jurnal ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so'ng tarixga oid barcha davriy nashrlarning eng nufuzlisiga aylangan.

Germaniya ham mikrotarixni o‘rganish bo‘yicha markazlardan biri sanaladi. M. Plank nomidagi jamiyat tarixi institutida bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqotlar olib boriladi. 70-yillarda Germaniyada mikrotarix yo‘nalishiga o‘xshash yangi bir yo‘nalish paydo bo‘ldi, bu “har kunlik tarix” nomini oladi. Bu ta’rifni ilk bor Y.Kokka ishlatadi. 80-yillarda bu yo‘nalish yanada rivojlana boshladi, Germaniyaning g‘arbiy hududlarida M.Krom ta’rifi bo‘yicha “tarixiy bum” holati yuzaga keladi. Bu hududlarda yashovchi aholi o‘z oilasi, qishlog‘i yoki shaharchasi tarixi bilan qiziqadi, joylarda turli “tarixiy ustaxonalar” paydo bo‘ladi. Bu yo‘nalishda og‘zaki tarix metodi keng qo‘llaniladi. Dastlab tanqidga uchragan “har kunlik tarix” 80-yillar oxirida tan olingan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu yo‘nalishga bag‘ishlangan maqolalar A. Lyudtke tahriri ostida 1989-yilda Germaniyada, 1995-yili AQSHda to‘plam holatida nashr etildi. Bu yo‘nalish vakillari asosan XX asr boshi tarixini o‘rganishgan. Oddiy odamlar ongiga fashizm g‘oyasi qanday ta’sir etgani, oddiy odamlar nima uchun fashizmga xayrixoh bo‘lganligi o‘rganilgan. Bu yo‘nalishning mikrotarixdan farqli tomoni shundan iboratki, mikrotarix o‘rganilish davri sifatida o‘rta asrlar va yangi davr boshlarini olsa, bu yo‘nalish asosan XX asrda bo‘lgan hodisalar bilan tadqiqot olib boradi.


Yüklə 452,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin