Bu hududlarda, muallifning ta’kidlashiga ko‘ra, ota-onalar mulkni butun holda ko‘rishni xohlashgan, uning bo‘linib ketishiga qarshi bo‘lishgan. Shu sababli bu hududlarda o‘sha davrlarda ko‘p farzandlilik jamiyat tomonidan yoqlanmagan. Yuqorida yozilganidek, J.Levi 1991-yilda e’lon qilgan maqolasida mikrotarix kichik hodisalar orqali jamiyat rivojlanishidagi keskin burilishlarni ko‘rsatib bera olishini ta’kidlab o‘tgan. 1990-yilda esa Levi hodisalarga «mikroskop orqali qarash”mikrotarixning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlagan edi. Levi bu fikrlarni «Nomoddiy meros: XVIII asrda Pyemontlik tabib karyerasi” asari orqali isbotlashga harakat qilgan ( bu asar 1985-yilda yozilgan).
Asarning bosh qahramoni – ruhoniy va tabib Jovan Batista Kyeza bo‘lib, u aholi orasida «jinlarni quvish” qobiliyati bilan shuhrat qozonadi. Asardagi voqealar Pyemontdagi Santena qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi. Tadqiqot maqsadi qilib eski tartibdagi dehqonlar hayotining yangilanish jarayonini ochib berish olinadi. Batista Kyezaning otasi – sudya va notarius Julio Chezare Kyeza o‘z hududidagi aholini uzoq vaqt boshqaradi. Uning o‘limidan so‘ng bu boshqaruv o‘g‘li Batista Kyezaga meros bo‘lib o‘tadi. Kitob nomidagi «nomoddiy meros” bu ruhoniyning otasidan meros qilib olgan boshqaruv va obro‘ hisoblanadi. Muallif o‘z oldiga qo‘ygan maqsad shundan iborat edki, birinchidan, odamlar va oilalar orasidagi murakkab munoabatlarni o‘rganish, ikkinchidan, siyosiy va iqtisodiy qonunlarning odamlar ongiga qay darajada ta’sir qilganini o‘rganishdan iborat hisoblangan.
Santena-oddiy shahar, Turindan 25 km janubi-sharqda, Po daryosining o'ng qirg'og'idan bir necha kilometr narida, shimolda Trofarello, Kambiano va Pessesse di-Kieri qishlog'i, g'arbda Villastellone bilan chegaradosh. janubda Fàvari di Poirino qishlog'i bilan
Shu maqsadda J.Levi hujjatlarda nomlari saqlanib qolgan Santena qishlog‘ining barcha aholisining biografiyasini birma-bir o‘rganib chiqqan. Tadqiqotida o‘z asari orqali quyidagi munosabatlarga alohida urg‘u bergan: demografik ko‘rsatkichlar, oilaviy strukturalar va aloqalar, yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar, dehqonlar ongi, to‘dalar o‘rtasidagi raqobat va kelishmovchiliklar, Santena qishlog‘ining tashqi dunyo bilan aloqalari. Levi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu munosabatlardan chiqqan xulosalar orqali butun bir davrning ma’lum bir nuqtalarini baholash mumkin. Masalan, yer oldisotdisidagi asosiy munosabat bu xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi shaxsiy munosabat bo‘lgan, shu sababli yer aniq stabil bir narxga ega bo‘lmagan. Bundan tashqari, bu qishloq ma’lum bir siyosiy jarayonlarda ham ishtirok etgan, bu qishloq davlat, yonidagi Kyeri shaharchasi va arxipeyiskop nizolaridan unumli foydalanib alohida avtonomiyaga erishgan. Julio Kyeza bu nizolarda tomonlarning muvozanatini ushlab turgan yoki ular o‘rtasida kelishtiruvchi kuch bo‘lgan. Faqat uning o‘limidan keyingina davlat qishloq ustidan yana nazorat o‘rnata olgan.
Bu asar kichik bir qishloq misolida yozilgan bo‘lsa-da, bu orqali o‘rta asr va yangi davr Italiyasidagi ba’zi munosabatlar qanday bo‘lganini ko‘rish va bu munosabatlarga ma’lum bir nuqtayi nazardan turib xulosa berish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy, agrar, ijtimoiy munosabatlar orqali o‘sha davr Italiyasining manzarasini ko‘rish mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, Yevropada paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlar dastlab mahalliy ahamiyat kasb etgan bo‘lsa-da, keyinchalik ular tan olingan yo‘nalishlarga aylanishdi. Bunga yorqin misol sifatida yuqorida tilga olingan mikrotarixni yoki har kunlik tarix yo‘nalishlarini olish mumkin. Z.Krauker tarixni o‘rganishda mikrotarixni o‘rganish muhim ekanini qayd etib o‘tgan, sababi mikrotarix ijtimoiy-madaniy munosabatlarni chuqurroq o‘rganadi, tadqiqotlarda inson psixologiyasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli bu yo‘nalish ham ma’lum nuqtalarda muhim ahamiyatga ega.
XX asrga kelib tarixni bayon etishdagi yondashuvlar tanqid ostiga olinadigan buldi. Jumladan, an'anaviy burjua tarixshunosligining ko'plab tushunchalari va uning ta'siri ostida shakllangan maktablar va tendentsiyalar inqirozga uchray boshladi. Marksizmdan tashqarida javob topishga harakat qilgan ijtimoiy fan olimlari real voqyeiliklarni bayon etish uchun sivilizatsiyaning taqdiri haqida yanada chuqur fikrlarga ehtiyoj sezadilar. Frantsiyada bu ehtiyojlarni yuzaga chiqaruvchi olimlar "Annallar maktabi" deb atalgan yo‘nalishga asos solganlar. Annallar maktabi (yoki Nyu-Historical Science) 1929 yilda frantsuz ijtimoiy tarixchilarining ta'sirchan guruhi vakillaridan Lyusen Fevr va Mark Blok tomonidan asos solingan "Annals of Economic and Social History" jurnali bilan bog'liqdir Bu jurnal ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so'ng tarixga oid barcha davriy nashrlarning eng nufuzlisiga aylangan. Bu o‘z navbatida tarixni bayon etishga yangi yo‘nalishni shakllanishiga ta'sir etgan. Ushbu maktab butun Yevropa sivilizatsiyasining empirik tadqiqotiga, shuningdek, tarixiy tahlil muammolarini nazariy va uslubiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. Maktab vakillari, xususan, ijtimoiy tarix, ijtimoiy tuzilma va uzoq muddatli tarixiy tendentsiyalarga katta e'tibor berib, siyosiy voqealar xronologiyasi sifatida tarixga nisbatan umum qabul qilingan yondashuvga qarshi chiqdilar. Ya'ni, tarixiy tafakkur xronologik sanalar asosida yozilishini eng to‘g‘ri yondashuv deb bilmadilar
"Annallar“ maktabining g'oyalari ijtimoiy ma'lumotlarning yangi sohasi - tarixiy antropologiya yaratilishiga o‘zining katta ta'sirini ko‘rsatgan. "Annallar“ maktabining asosiy vakillari - L. Fevr, M. Blok, F. Braudel, Le Goff - an'anaviy ravishda tarixni birgina universal metodik yondashuv asosida olib borib bo‘lmasligini, tarixni tadqiq etishda hamma uchun majburiy bo'lgan yagona e'tiqod yo'qligini ta'kidlanganlar. Mark Blokning “Tarix apologiyasi yoki tarixchining kasbi” asarida tarix fani metodologiyasi muammolari sirasiga ushbu maktab oldida turgan vazifalarni ham belgilab bergan. Shundan so‘ng Annallar maktabi faoliyati “yangi tarixiy fan” (fr. La nouvelle Histoire) degan ma’noda mashhur bo‘la boshlagan. Shu o‘rinda ushbu yo‘nalishga berilgan bu nom lotincha “annus” ya'ni “yil” degan ma'noni anglatadi. Qadimgi Rimda saroy tarixchilari faoliyatiga nisbatan shunday ibora qo‘llangan.
Annallar maktabining konsepsiyasi Mark Blok tomonidan aniq ta’rif bilan shunday deyilgan: Tarixning asosiy muammosi insonlarda kechayotgan munosabat va ularning olib borayotgan ishlarining tarixiy tavsifi mukammal ta’riflanishi lozim. Asarlaridan biri “Tarix analogiyasi” da shunday degan edi:’’ Bizning olib borgan mehnatimizda bir so’z yorqin namoyon bo’ladi, bu-tushunish’’. Latviya universitetining professori Xaris Tumans shunday degan edi. ”Annallar jurnali” tarixshunoslik fanida yangi go’ya sifatida insonlarni moziyga nazar solishga majbur etgan. Annallar maktabi tarix fani va metodologiyasini rivojlantirishda katta ilmiy natijalarga erishdi. Eng avvalo XX asr boshlarida tushkunlik, sarosimalik holatida bo’lgan tarix faniga yangi hayot, kuch-quvvat baxsh etdi. Tarix fani maqsad va vazifalari rivojlanish yo’li, tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlashtirishda “Annallar” maktabi doirasida faoliyat ko’rsatgan tarixchi, metodolog olimlarning xizmati katta bo’ldi. Jahon tarix fani annallar maktabining faoliyatini tarix fani va metodologiyasini rivojlantirishdagi xizmatini e’tirof etdi. Bu maktab ilgari surgan ilmiy konsepsiya, g’oyalardan foydalandi va hozir ham foydalanadi. Annal maktabining faoliyati hozirgacha qator milliy tarix maktablari tomonidan tadqiq va tahlil qilinadi.