O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
“Buxgalteriya hisobi” fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Ismoilov F 72a-20 I
Qabul qildi: Qunduzova.Q
Mavzu: Xo’jalik jixozlari va inventarlar xisobining xususiyatlari.
Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:
•Maxsus instrumentlar va moslamalar;
• Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;
•O‘rindiq buyumlari (ko‘rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.);
• Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar);
•Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va shu kabilar);
•Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‘lkalar, yuvinish xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga kiruvchi moslamalar;
• Xizmat muddati bir yilgacha bo‘lgan smena jihozlari;
•Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‘r va shu kabilar).
Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi:
• Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.
• Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari. Mos ravishda inventarlar va xo‘jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga olinadi:
1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schyotida.
2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik
buyumlari» balansdan tashqari schyotda.
Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari (ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schetiga kirim qilinadi (Debet 1080 Kredit 6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar). Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari birdaniga harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‘zida ishlatishga berilgan inventar va xo‘jalik buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi.
Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 1080- schetning kreditida tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
1. Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobiInventarlar va xo‘jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‘jalik inventarlari):
a) xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan;
b) qiymati bir birlikga sotib olish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha bo‘lgan.
Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:
•Maxsus instrumentlar va moslamalar;
• Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;
Inventar va xo‘jalik buyumlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar va ularning hisobi 1080-schyotda yuritiladi. Milliy standart qoidalariga ko‘ra inventar foydalanishga o‘tkazilishi bilanoq uning butun qiymati ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga chiqariladi. Keyinchalik foydalanishga topshirilgan inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish tartibi bo‘lishi uchun ular balansdan tashqari schyotga o‘tkaziladi. 014 "Ishlatilayotgan inventar va xo‘jalik buyumlari" ana shunday schyot hisoblanadi.
Ishlatish vaqti va narxlaridan qat'i nazar inventar va xo‘jalik buyumlari tarkibiga kiradigan tovarlar ro‘yxati mavjud. Ro‘yxat 4-sonli BHMSning 6-bandida keltirilgan, unga quyidagilar kiradi: Ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladigan moslamalar va asboblar; Maxsus va sanitariya kiyimlari va poyabzallari; Ko‘rpa-to‘shak; Kanselyariya uskunalari; Stol choyshablari va oshxona anjomlari; Vaqtinchalik inshootlar va qurilmalar; Ishlatish muddati 1 yildan oshmaydigan vaqtinchalik uskunalar; Baliq ovlash uchun uskunalar. O‘zbekistonda inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish qoidalari Inventar va xo‘jalik buyumlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar va ularning hisobi 1080-schyotda yuritiladi. Milliy standart qoidalariga ko‘ra inventar foydalanishga o‘tkazilishi bilanoq uning butun qiymati ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga chiqariladi. Keyinchalik foydalanishga topshirilgan inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish tartibi bo‘lishi uchun ular balansdan tashqari schyotga o‘tkaziladi. 014 "Ishlatilayotgan inventar va xo‘jalik buyumlari" ana shunday schyot hisoblanadi.
Inventar va xo‘jalik buyumlari narxi eng kam ish haqining 10 baravaridan oshganda ularni foydalanishga topshirishda ushbu buyumlarning narxini kechiktirilgan to‘lovlarga o‘tkazish mumkin. Bu 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti. Kechiktirilgan xarajatlar ikki usulda bilan hisobdan chiqarilishi mumkin: Qiymatni hisobdan chiqarish chiqarilgan mahsulot yoki xizmat hajmiga mutanosibdir; Teng. Birinchi usul shundan iboratki, muayyan davrdagi chiqariladigan mahsulot hajmlarining ko‘rsatkichlaridan va ko‘rsatilgan inventarning butun taxmin qilingan davri uchun chiqariladigan mahsulot soniga nisbatan inventar tannarxining qiymatidan kelib chiqqan holda inventar summasi hisobdan chiqariladi. Ikkinchi usulda intentar qiymatidan va ushbu inventardan foydali foydalanish muddatlaridan kelib chiqib hisoblangan muayyan normalarga asosan qiymat hisobdan chiqariladi. Yuqorida ko‘rsatilgan hisobdan chiqarish usullari inventardan foydali foydalaniladigan butun davrda kuchga ega.
Diqqat.!
Agar inventar ishlatilgan mahsulotni ishlab chiqarish muddatidan oldin to‘xtatib qo‘yilsa va ishlab chiqarishni qayta boshlash ehtimoli bo‘lmasa, u holda kechiktirilgan xarajatlar hisobvaraqlarida hisobga olingan intentar qiymatining qoldiqlari operasion xarajatlar ko‘rinishida moliyaviy natijaga hisobdan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |