7
litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator
vazifalar qo‟ymoqda.
O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik
hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon
talabidir.
Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy
pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida
mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy
pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda
tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan
foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan
biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira
oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi.
Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba
o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va
o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni
aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez
hal qilishga yordam beradi.[4]
Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat
qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning
faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi,
mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil
bilim olishlarining ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: