II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA
ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH ................................. 25
2.1-§. Barkamol avlodga ta‟lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish
texnologiyasidan foydalanish asoslari ............................................................... 25
2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari. ....... 28
2.3-§. Elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi................................................ 38
2.4-§. Elektron ma‟lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar. ..... 52
XULOSA. ............................................................................................................ 61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: ........................................................... 64
4
KIRISH
Biz amalga oshirayotgan islohotlarning
asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi
uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Sh.M.Mirziyoyev.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
Hozirgi kunda umumiy o„rta ta‟limning biror o„quv fanini to„liq ravishda
yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o„tsa qanday samara berishini yoki
AKTni qo„llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini,
uning bilish jarayoniga ta‟sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana
boshqa ko„p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo„lib bormoqda. Akademik
litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o„quv
qo„llanmalari o„g„il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga,
pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron
shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz
mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga
qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali
virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari,
metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng
foydalanilmoqda.
Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida
pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o„tovchi elektron axborot-ta‟lim
resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o„qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi,
malakasini
oshirishga
xizmat
qiladi.
Multimedia
dasturlarini
yaratish,
rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta‟lim
maskanlarida o„quvchilar to„g„ridan to„g„ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va
audiodisklar
yordamida
fanga
oid
ma‟lumotlar
bilan
tanishmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z
5
salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda.
Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay
imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.
Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi
texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog
xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib
borishi,
yangi
texnologiyalardan
unumli
foydalanishi
dolzarb
masala
hisoblanadi.[2]
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy
yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara
oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning
asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor
iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan
tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar.
Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy
sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan,
ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va
texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng
qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining
tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va
mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab
chiqishni talab qiladi.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi
qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida
ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning
6
ilg‟or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har
tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy
yo‟nalishlari belgilab berilgan.
Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib
borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam
bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa
bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida
yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni
modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni,
ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yo‟nalishlari
bo‟yicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish
hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik
tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga
umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy,
ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy
ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni
yo‟nalishi bo‟yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini
ilgari suradi.[3]
O‟zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab
o‟tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo‟lajak o‟qituvchilar shaxsiga
qo‟yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy
barkamollik deb belgilash mumkin”.[2]
Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va
o‟qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi
zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o‟rtasidagi
bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro‟l o‟ynaydi.
Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda
“Ta`lim to‟g‟risida”gi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik
7
litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator
vazifalar qo‟ymoqda.
O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik
hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon
talabidir.
Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy
pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida
mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy
pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda
tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan
foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan
biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira
oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi.
Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba
o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va
o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni
aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez
hal qilishga yordam beradi.[4]
Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat
qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning
faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi,
mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil
bilim olishlarining ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: |