12
Interaktiv metodlar - bu jamoa bo„lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi,
ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo„lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu metodlarning o„ziga
xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko„rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib,
ularga quyidagilar kiradi:
- talabaning dars davomida befarq bo„lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish
va izlanishga majbur etishi;
- talabalarni o„quv jarayonida bilimga bo„lgan qiziqishlarini doimiy
ravishda bo„lishini ta`minlashi;
- talabaning bilimga bo„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik
qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga
ham taalluqlidir.
Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator
shart-sharoitlarga bog‟liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi
fikrlarga nisbatan
munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini
uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o„z bilim va ilmiy
faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo„ladi.
Pedagog faoliyatida o„z-o„zini faollashtirish, o„z ijodkorligi, o„z-o„zini
bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining
kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi.
Pedagogning innovatsion faoliyati - o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini
shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish,
samaradorlikka baho
berishni qamrab oladi.
O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini
belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga
13
yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy
qo„llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me‟yori sifatida, o„zida
taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik
olimlar yangilikni qo„llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan
mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar.
Bunda
o„qituvchining innovatsion faoliyati o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho
berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish,
ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni
qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan
belgilanadi.
Shuni alohida qayd etib o„tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida
pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois
ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari,
kasbiy mahorati hamda
ijodkorlik layoqati darajasiga bog‟liq. Bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib
kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida o„qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari»,
«Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning
mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan
aloqadorligini tushunishi zarur.
Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi:
-
bo„lajak o„qituvchilarni informatika fanini ijodiy o„qitish va
o„zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo„llash bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari bilan qurollantirish;
-
bo„lajak o„qituvchilarni informatika sohasi bo„yicha
turli-tuman
shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o„tkazishga tayyorlash;
bo„lajak o„qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo„llari va
ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini
tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o„z mustaqillik
14
mavqeini, pedagogik fan, o„ziga bo„lgan yangi munosabatini yarata olish
qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari
orqali mukammallashtirib boradi. O„qituvchining fikrlash usullari, aqliy
madaniyati o„zgarib, xissiy tuyg‟ulari rivojlanadi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo„lgan qobiliyatlarining asosiy
xislatlari:
- shaxsning ijodiy motivatsiyani qo„llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy
qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o„z kamolotiga intilish;
-
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o„z
kamolotiga intilish;
- kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va
ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o„zaro
yordam berish qobiliyati;
- o„qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish
qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o„zini tuta bilish;
Keyingi sharti - bu pedagogning madaniyat va muloqotga shayligi.
Pedagog va talaba o„rtasidagi muloqot namunasining o„zgarishi innovatsion
faoliyat shartidan biridir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi:
Dostları ilə paylaş: