O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi farg‟ona davlatuniversiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix02.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi

Ta‟lim modeliniesa bir yoki bir nechta ta‟lim metodlari yordamida amalga 
oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. 
Ta‟lim metodi - bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga 
qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan 
yo„l-yo„rig„idir. 
Pedagogik metodlarning turlari. 
Ta‟lim metodlarini ta‟lim maqsadlariga erishish bo„yicha, o„quvchi va 
o„qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo„yicha 
quyidagicha guruhlarga bo„lish mumkin: 

O„qituvchi markazda bo„lgan uslublar

O„quvchi markazda bo„lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. 
Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o„qitish modellarida 
birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy 
uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to„la muvofiq bo„lib, 
o„quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo„llaniladi. 
O„qituvchi markazda bo„lgan uslub. Bu uslub orqali o„qituvchi o„zi 
egallagan ma‟lumot va ko„nikmalarni o„quvchilarning sezgi organlari orqali 
uzatish yo„llarini qidiradi. Bunda o„quvchilarning ishtiroki passiv bo„ladi, ya‟ni 
ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma‟ruzalarni yozib boradilar. 
Bu uslublar asosan o„qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga 
oshiriladi: 
Og„zaki o„qitish usuli (ma‟ruza, hikoya) 
Insonlar o„rtasidagi eng sodda muloqot yo„llaridan biri – og„zaki nutq – 
og„zaki ta‟rif yoki asosiy mazmunning og‟zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub 
butunlay «so„zlash» orqali amalaga oshiriladigan o„qitishning eng rasmiy uslubi 
hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o„quvchining 
ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o„quvchining 
eshitish qobiliyati ishga solinadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin