O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi farg‟ona davlatuniversiteti fizika-matematika fakulteti


-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix02.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi

2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish 
muammolari. 
Respublikada elektron o„quv adabiyotlaridan foydalanishga mo„ljallangan 
axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib 
o„qitishni tashkil etish bo„yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron 
adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko„pgina olimlar tomonidan 
tadqiq etilmoqda. 2004 yildan e'tiboran elektron o„quv adabiyotlaridan 
foydalanishning ikkinchi tajriba-sinov bosqichi boshlanishiga qaramay, ta'lim 


29 
muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo„yicha ishlar ancha sust ketmoqda. 
Bu ham bo„lsa elektron darslik yaratish uslubiyati, uning tuzilishi, o„z ichiga 
oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo„lsa kerak. 
Elektron o„quv adabiyotlarining uchinchi – o„quv jarayonida keng foydalanish 
bosqichiga o„tib, o„quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va 
ta'lim muassasalarini ta'minlash uchun ushbu yo„nalishdagi vazifalarni 
jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu 
vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir. 
Darslik – davlat ta'lim standarti, o„quv dasturi, uslubiyati va didaktik 
talablari asosida belgilangan, muayyan o„quv fanining mavzulari to„liq yoritilgan, 
tegishli fan asoslarini mukammal o„zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim 
yo„nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashrdir. 
Elektron darslik esa, yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, kompyuter 
texnologiyasiga asoslangan o„quv uslubini qo„llashga, mustaqil ta'lim olishga, 
hamda fanga oid o„quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama 
samarador o„zlashtirilishiga mo„ljallangan bo„lib: - o„quv va ilmiy materiallar faqat 
verbal (matn) shaklida; - o„quv materiallar verbal (matn) va ikki o„lchamli grafik 
shaklda; - multimedia (multimedia – ko„p axborotli) qo„llanmalar, ya'ni ma'lumot 
uch o„lchamli grafik ko„rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal 
(matn) shaklida; - taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, talaba (talaba, 
tinglovchi) ni «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi 
va undagi ob'ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda 
ifodalanadi.
Ta'lim texnologiyasi markazida talaba (talaba), texnologiya mazmunida – 
talaba(talaba)lar 
tomonidan 
mustaqil 
ravishda 
ta'lim 
olish 
qobiliyatini 
rivojlantirish; o„quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. 
Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o„quv materialni 
bayon etish, amaliy mashg„ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan 
bilimlarni o„zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak.


30 
Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni 
ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi. 
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan 
ishlashga mo„ljallangan. Talaba o„zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning 
tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak.
Elektron darslik yaratishda WEB texnologiyalardan unumli foydalaniladi. 
Bu texnologiyaning qurollari sifatida Front Page va Domino tizimlarini, HTML va 
DHTML tillarini keltirish mumkin.
Intellektual ta'lim tizimlarining maqsadi, o„qitish foydalanuvchi va o„qitish 
strategiyasi sohasidagi bilimlardan foydalangan holda, shaxsni o„rganish va 
o„rgatishdir. 
Intellektual ta'lim tizimlari texnologiyasidagi mavjud konsepsiyalarni 
moslashuvchanlik bo„yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: moslashgan
moslashtiriladigan va moslashuvchan.
1. Moslashgan (adapted) gipermedia – tizimlari.
2. Moslashtiriladigan gipermedia – tizimlari.
3. Moslashuvchan (adaptive) gipermedia – tizimlari.
Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o„z 
ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin.Yangi axborot 
texnologiyalarini ta'limga tatbiq etish ta'limda an'anaviy o„qitish jarayonidan 
talabaning o„zi ta'lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o„tishni 
ta'minlaydi. 
Katta oshkoralikda o„tadigan bu jarayon kelajakda ta'lim tizimida keskin 
inqilob qilishga qodir bo„ladi. Ko„pchilik iqtidorli talabalar o„zlarining qobiliyati 
va qiziqishiga ko„ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo„ladilar. 
Ta'limning bunday ochiq tizimida chuqur bilimga ega bo„lgan o„qituvchilari 
bilimlarini talabalarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to„g„ri 
keladi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim 
hozircha bemalol deyish mumkin emas. Elektron darslik yaratish borasida 


31 
anchagina ishlar qilanayotgan bo„linsada, hali elektron darsliklarga yetishishda, 
oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo„lishdek, ochiq tizimlar mavjud emas. 
Albatta, ta'lim tizimini rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo„qolib 
boradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin