26
O‟quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o‟qitish
tizimini tashkil etishni an‟anaviy o‟qitish tizimi bilan uyg‟unlashgan holda
samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog‟liq bo‟ladi:
ta‟lim
muassasalarida
zamonaviy
axborot
va
kompyuter
texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi;
Internet tarmog‟ida ishlashning uzluksizligi;
masofadan bilim olayotgan o‟quvchilarning
bilim olish ishtiyoqi,
qiziqishi va o‟zlashtirish darajasining yuqoriligi;
masofadan o‟qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis
va o‟qituvchilarning jalb etilishi;
masofadan o‟qitish tizimining kerakli va sifatli o‟quv materiallari,
elektron darsliklar va o‟quv kurslari bilan ta‟minlanganligi va ularning
yetarliligi;
masofadan o‟qitish tizimida barcha mashg‟ulotlarni tizimli tarzda olib
borilishi.
O‟quvchilarga ta‟lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish
vositalariga an‟anaviy o‟qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi:
elektron o‟quv nashrlar;
kompyuter o‟qitish tizimlari;
audio-vidio o‟quv materiallari;
turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan
o‟quv-nazorat testlari;
kutubxona ma‟lumotlar ba‟zasi bilan aloqa;
virtual materiallar va laboratoriyalar;
o‟quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari.
Ta‟lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan
o‟qitishning samaradorligini oshirish ko‟p
jihatdan yaratilayotgan va
qo‟llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o‟quv dastur, elektron o‟quv
27
qo‟llanma, avtomatlashtirilgan o‟qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy
qismi, mazmuni va o‟qitish sifatiga bog‟liq bo‟ladi.
O‟quvchilar mustaqil bilim olishida, o‟tilgan mavzularni takrorlashda,
hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o‟rgatuvchi, axborot –
ma‟lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan
o‟qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ladi.
Ta‟lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o‟zida
mujassamlashtirgan elektron o‟quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish
masofadan o‟qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo‟lib hisoblanadi.
Masofadan o‟qitish tizimida o‟quv ma‟lumotlarini olish va uzatish
usullariga ko‟ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo‟ladi: keysli va tarmoqli.
Keys uslubi va texnologiyasi ta‟lim jarayonida amaliy mashg‟ulotlar
sifatini oshirishning ilg‟or vositasidir. Keys ta‟lim maqsadini amalga oshirish,
amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o‟quv natijalariga kafolatli
yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo‟lgan ta‟lim
texnologiyasidir.
Keys texnologiyasida o‟quvchilarga o‟quv va o‟quv-amaliy
materiallar «Keys» yoki portfel ko‟rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk
yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo‟ladi.
O‟quvchilarda unda berilgan nazariy ma‟lumotlarni
mustaqil
o‟rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o‟zlarining fikr
mulohozalarini bildiradilar.
Masofadan o‟qitishning tarmoq texnologiyasida o‟quv dargohi va
o‟quvchi orasida ma‟lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish
bilan, ya‟ni lokal yoki internet tarmog‟ida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o‟qitish formasiga
o‟tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi.
Masofaviy o‟qitish an‟anaviy o‟qitish shakllaridan quyidagi harakterli
xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya‟ni
chegaralanmagan
ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur‟atda foydalanish imkoniyati;
28
modulliligi, ya‟ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o‟rganishi; parallellik, ya‟ni
asosiy o‟qishidan ajralmagan holda ta‟lim olish; qamrab olish, ya‟ni bir vaqtning
o‟zida o‟quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va
o‟qituvchilar bilan muloqotda bo‟lish; iqtisodiyligi, ya‟ni, o‟quv
xonalari va
texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya‟ni ta‟lim
jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi
yutuqlaridan foydalanish o‟quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib
berishini ta‟minlaydi.
Masofaviy o‟qitish barcha o‟quvchilarga o‟zlarining individual
xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi.
O‟qitishning bunday usulida o‟quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol
tarzda o‟quv – uslubiy materiallarni o‟zlashtiradi, test sinovlaridan o‟tadi,
o‟qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o‟quv
guruhidagi
boshqa shquchilar bilan o‟zaro aloqa qiladi. Ma‟lumotlarni matn ko‟rinishda
yetkazish asosidagi o‟qitishning an‟anaviy vositasi o‟quvchilarni yangi o‟quv
materiali bilan tanishtirish uchun qo‟llaniladi, interfaol audio va video
konferensiyalar esa real vaqt rejimida o‟zaro muloqot qilishni ta‟minlaydi,
kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o‟quvchilar bilan
o‟zaro aloqa qilish va bir guruhda o‟qiydigan o‟quvchilarni o‟zaro aloqalarini
ta‟minlash uchun qo‟llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar
o‟quvchilarga o‟quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: