18
qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Mamlakatimizda ta‟lim
sohasida ro„y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta‟lim muassasasida o„quv
jarayoni metodik ta‟minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik
innovatsiyalarning
asosiy manbai bo„lib qoladi.Ta‟lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish
imkoniyatlarini oshirish, ta‟limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish
uchun
zarur
sharoitlarni
yaratish
ta‟lim
mazmunini
takomillashtirishning
zaruriy
shartlaridan
biri
sanaladi.Ta‟lim–pedagogik
jarayonning muhim tarkibi bo„lib, o„quvchi-talaba bilan o„qituvchi(pedagog)ning
shaxsga yo„naltirilgan o„zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng
bo„lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib
bormoqda.
O„rta maxsus ta‟lim DTS o„quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya,
ta`lim
dasturlari,
umumdemokratik
prinsiplarda
tashkiliy
–
boshqaruv
funksiyalarni rivojlantirish, o„quvchilarga shaxs sifatida qarash, o„quv-tarbiya
jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy
muassa sifatida maktab
huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib o‟rta maxsus ta‟limining
asosiy yo„nalishlarini aniqlaydi.
O„qituvchi va talabaning maqsadi bo„yicha natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda
talabalarning bilim saviyasi,
guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan,
natijaga erishish uchun balkim, komp‟yuter bilan ishlash lozimdir,
balkim film,
tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi
kerak bo„lar, bular o„qituvchi va talabaga bog‟liq.
Dostları ilə paylaş: