33
zarur o„quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan
an'anaviy darsliklardan farq qiladi.
Boshqacha aytganda, elektron darslik o„quv materiallarini ilmiy va
ko„rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy imkoniyati; axborotni to„la, tizimli va
mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o„quv materialini bir tizimda berish va
faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o„quv materialini o„zlashtirilishining
mustahkamligi;
ta'limni
differensiallashgan
va
yakkama-yakkalanganligi;
moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to„la
didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limni interfaolligi, teskari aloqa, o„z-o„zini
boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash
mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va
o„quv adabiëti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan,
kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlari mavjud
bo„lishini taqozo etadi.
Nashr etilgan o„quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik
imkoniyatlari -an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va
o„quv qo„llanmalarni tajribada taqqoslab ko„rilganda, eng ko„zga ko„ringan
belgilarni oxirgi tur (multimediali) o„quv qo„llanmalarda mavjud ekanligi
tasdiqlangan.
Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini
printer orqali chop etish va talabalar xoxlagan paytda uni o„qish imkoniyati ham
bo„lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko„p o„qish talabalar
ko„ziga salbiy ta'sir etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: