Pedagogik metod haqida umumiy tushuncha.
« Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‟quvchilarga yetkazib
berish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish,
19
shuningdek, o‟quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, ko„nikma va malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
O„qitishdan ko„zlanadigan maqsad bu davlat ta‟lim standartlarida
belgilangan bilim va ko„nikmalarini o„quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki
o„quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o„quvchi malaka
oshirish uchun mo„ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina
o„qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo„ladi.
Ma‟lumki, ta‟lim olish (ma‟lumot olish) jarayoni – bu ma‟naviy va aqliy
qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va
olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir.
Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining
ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil
metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha “Metodos” so„zidan olingan bo„lib, “izlanish” yoki “bilish
yo„li”, “nazariya”,“ta‟limot” ma‟nosini anglatadi.
Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum
maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga
va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i sifatida ta‟riflash mumkin.Kant fikricha “agar biz
nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy qonuniyatlar bo‟yicha harakat usuli
bo‟lish kerak” ya‟ni, boshqa so‟zlar bilan aytganda, metod - bu ko‟r-ko‟rona
harakat bo‟lmay, balkim yo‟llantiruvchi, oydinlashtiruvchi, ma‟lum nazariyaga
asoslangan bo‟ladi.Ulug‟ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv
tomonda bo‟lgan qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.Umuman olganda,
metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning asosiy nazariy instrumenti
bo‟lib,olib boruvchi izlanish yo‟li hisoblanadi. Metod deb, yana shunday prinsiplar
sistemasini ham tushunish mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma‟lum
topshiriqlar yechish faoliyati regulyativi bo‟lsa.Metoddan ham keng fikrni, uning
ta‟limoti
c
bo‟lgan
c
metodologiya
n
bildiradi.
|