28
modulliligi, ya‟ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o‟rganishi; parallellik, ya‟ni
asosiy o‟qishidan ajralmagan holda ta‟lim olish; qamrab olish, ya‟ni bir vaqtning
o‟zida o‟quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va
o‟qituvchilar bilan muloqotda bo‟lish; iqtisodiyligi, ya‟ni, o‟quv xonalari va
texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya‟ni ta‟lim
jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi
yutuqlaridan foydalanish o‟quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib
berishini ta‟minlaydi.
Masofaviy o‟qitish barcha o‟quvchilarga o‟zlarining individual
xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi.
O‟qitishning bunday usulida o‟quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol
tarzda o‟quv – uslubiy materiallarni o‟zlashtiradi, test sinovlaridan o‟tadi,
o‟qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o‟quv guruhidagi
boshqa shquchilar bilan o‟zaro aloqa qiladi. Ma‟lumotlarni matn ko‟rinishda
yetkazish asosidagi o‟qitishning an‟anaviy vositasi o‟quvchilarni yangi o‟quv
materiali bilan tanishtirish uchun qo‟llaniladi, interfaol audio va video
konferensiyalar esa real vaqt rejimida o‟zaro muloqot qilishni ta‟minlaydi,
kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o‟quvchilar bilan
o‟zaro aloqa qilish va bir guruhda o‟qiydigan o‟quvchilarni o‟zaro aloqalarini
ta‟minlash uchun qo‟llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar
o‟quvchilarga o‟quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: