29
muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo„yicha ishlar ancha sust ketmoqda.
Bu ham bo„lsa elektron darslik yaratish uslubiyati, uning tuzilishi, o„z
ichiga
oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo„lsa kerak.
Elektron o„quv adabiyotlarining uchinchi – o„quv jarayonida keng foydalanish
bosqichiga o„tib, o„quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va
ta'lim muassasalarini ta'minlash uchun ushbu yo„nalishdagi vazifalarni
jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu
vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir.
Darslik – davlat ta'lim
standarti, o„quv dasturi, uslubiyati va didaktik
talablari asosida belgilangan, muayyan o„quv fanining mavzulari to„liq yoritilgan,
tegishli fan asoslarini mukammal o„zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim
yo„nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashrdir.
Elektron darslik esa, yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, kompyuter
texnologiyasiga asoslangan o„quv uslubini qo„llashga, mustaqil ta'lim olishga,
hamda fanga oid o„quv
materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama
samarador o„zlashtirilishiga mo„ljallangan bo„lib: - o„quv va ilmiy materiallar faqat
verbal (matn) shaklida; - o„quv materiallar verbal (matn) va ikki o„lchamli grafik
shaklda; - multimedia (multimedia – ko„p axborotli) qo„llanmalar, ya'ni ma'lumot
uch o„lchamli grafik ko„rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal
(matn) shaklida; - taktil (his qilinuvchi, seziladigan)
xususiyatli, talaba (talaba,
tinglovchi) ni «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi
va undagi ob'ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda
ifodalanadi.
Ta'lim texnologiyasi markazida talaba (talaba), texnologiya mazmunida –
talaba(talaba)lar
tomonidan
mustaqil
ravishda
ta'lim
olish
qobiliyatini
rivojlantirish; o„quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi.
Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o„quv materialni
bayon etish, amaliy mashg„ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan
bilimlarni o„zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak.
30
Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni
ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas,
balki shaxs bilan
ishlashga mo„ljallangan. Talaba o„zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning
tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak.
Elektron darslik yaratishda WEB texnologiyalardan unumli foydalaniladi.
Bu texnologiyaning qurollari sifatida Front Page va Domino tizimlarini, HTML va
DHTML tillarini keltirish mumkin.
Intellektual ta'lim tizimlarining maqsadi, o„qitish foydalanuvchi va o„qitish
strategiyasi sohasidagi bilimlardan foydalangan holda, shaxsni o„rganish va
o„rgatishdir.
Intellektual ta'lim tizimlari texnologiyasidagi mavjud konsepsiyalarni
moslashuvchanlik bo„yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
moslashgan,
moslashtiriladigan va moslashuvchan.
1. Moslashgan (adapted) gipermedia – tizimlari.
2. Moslashtiriladigan gipermedia – tizimlari.
3. Moslashuvchan (adaptive) gipermedia – tizimlari.
Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o„z
ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin.Yangi axborot
texnologiyalarini ta'limga tatbiq etish ta'limda an'anaviy o„qitish jarayonidan
talabaning o„zi ta'lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o„tishni
ta'minlaydi.
Katta oshkoralikda o„tadigan bu jarayon kelajakda ta'lim tizimida keskin
inqilob qilishga qodir bo„ladi. Ko„pchilik iqtidorli talabalar o„zlarining qobiliyati
va qiziqishiga ko„ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo„ladilar.
Ta'limning bunday ochiq tizimida chuqur bilimga ega bo„lgan o„qituvchilari
bilimlarini talabalarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to„g„ri
keladi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim
hozircha bemalol deyish mumkin emas. Elektron
darslik yaratish borasida
31
anchagina ishlar qilanayotgan bo„linsada, hali elektron darsliklarga yetishishda,
oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo„lishdek, ochiq tizimlar mavjud emas.
Albatta, ta'lim tizimini rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo„qolib
boradi.
Dostları ilə paylaş: