32
Avvalo elektron darslikda boblar alohida bo„lishi va unga ko„rgazmalilik,
ijobiy emotsional fon tamoyil, xushfe'llik va qo„yilgan masalani yechishda keng
yordam berish tamoyillari qo„llanilishi zarur.
Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni
ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga
mo„ljallangan. Talaba o„zining
qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik
darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak.
Elektron darslik talabani bilim olishini vaqt bo„yicha chegaralamaydi.
Shuning uchun ham o„quv materialni o„zlashtirish vaqti talabaning xohishiga ko„ra
qisqarishi yoki uzayishi mumkin.
Elektron darslik talabalarga axborotni o„qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy
va laboratoriya mashg„ulotlariga mo„ljallangan vazifalarni ishlarini bajarish, o„z
bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to„ldirish, o„z-o„zini nazorat qilish
kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. O„z
ichiga trenajyorlar, amaliy va
laboratoriya mashg„ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o„zida bilim berish
va ularni o„zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta'minotga ega bo„lishi
kerak. Boshqacha aytganda u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi
taqdimot
qilish
tashkil
etuvchisi;
olingan
bilimlarni
mustahkamlashga
mo„ljallangan mashqlar, talabalarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini
beradigan
m
testlar
m
kabi
m
uchta
m
komponenti
m
bo„lishi
m
zarur.
Kompyuterga mo„ljallangan darslik:
bir onda teskari aloqani ta'minlashi;
zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;
gipermatnli tushuntirishlarga ko„p marta murojaat qilishda vaqtni
iqtisod etishi;
ekranga matnni to„g„ridan-to„g„ri
chiqaribgina qolmay, balki
multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi;
aniq bir bo„lim bo„yicha talabalarning o„zlashtirish darajalariga mos
holda tezlikda bilimini baxolay olish imkoniyati;
33
zarur o„quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan
an'anaviy darsliklardan farq qiladi.
Boshqacha aytganda, elektron darslik o„quv materiallarini ilmiy va
ko„rgazmali
qilib tasvirlash; taxliliy imkoniyati; axborotni to„la, tizimli va
mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o„quv materialini bir tizimda berish va
faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o„quv materialini o„zlashtirilishining
mustahkamligi;
ta'limni
differensiallashgan
va
yakkama-yakkalanganligi;
moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to„la
didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limni interfaolligi,
teskari aloqa, o„z-o„zini
boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash
mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va
o„quv adabiëti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan,
kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlari mavjud
bo„lishini taqozo etadi.
Nashr etilgan o„quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik
imkoniyatlari -an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va
o„quv qo„llanmalarni tajribada taqqoslab ko„rilganda, eng ko„zga ko„ringan
belgilarni oxirgi tur (multimediali) o„quv qo„llanmalarda
mavjud ekanligi
tasdiqlangan.
Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini
printer orqali chop etish va talabalar xoxlagan paytda uni o„qish imkoniyati ham
bo„lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko„p o„qish talabalar
ko„ziga salbiy ta'sir etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: