Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi.
Demak, har qanday
dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib
chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy xolat va e’tiqod
mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy
munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari –
axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari –
diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan
bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan
tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi.
Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari
muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun
millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik
kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy
hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: