Har qanday dunyoqarash inson
ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir
tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-tarbiya
vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa,
falsafiy dunyoqarash,
umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni
tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir.
Binobarin, falsafiy dunyoqarashning
tarbiyaviy
vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida
qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har
qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: