3-mavzu. Falsafiy bilimlar tizimi,
uning asosiy yo’nalishlari va vazifalari
Reja:
1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va ahamiyati.
2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.
3. Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari.
4. O’zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari.
Falsafiy bilimlar tizimi. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi.
Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bo’linadi. Jamiyat va insonni
o’rganuvchi, ular to’g’risidagi turli bilim sohalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik
kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi
fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo’limida bu masalalarga atroflicha to’xtalamiz).
Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr
yuritamiz.
Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga
harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib
borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga)
aylangan.
Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan
va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani
doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va «Politika»
(siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan
matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlar
tizimi shakllandi, ba’zi qadimiy aniq fanlarning o’zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika,
algebra va boshqalar) bo’linib ketdi.
Insonning tashqi olamni bilishga bo’lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga
aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy
jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi.
Avvalgi mavzuda ta’kidlab o’tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona
va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi
Dostları ilə paylaş: