O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafiy g’oyalar va ularning amaliyoti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafiy g’oyalar va ularning amaliyoti. 
Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu-havaslari, 
intilishlari, umidlari, turmush tarzi g’oyaviy qarashlarda ham o’z ifodasini topadi. Falsafiy g’oyalar, obrazli qilib 
aytganda, inson hayot tarzining ko’zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab g’oya tarzida shakllanadi. 
Falsafiy g’oya insoniyat oldida turgan muayyan muammoni anglash va uni hal qilish maqsadi, uslub va 
vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va hodisalarga o’z ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi 
natijasida muammoga munosabat va uni hal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo’ladi. Masalan, inson 
ongli mavjudot ekani bois o’zini muqarrar halokatga olib borishi mumkin bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalarga asoslangan 
xatti-harakatlarni chegaralashga, ta’qiqlashga qodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, 
hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi. 
Bugungi kunda tinchlik g’oyasi umuminsoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy g’oyaga aylandi. Shu bilan birga, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida 
aytilganidek: «... Odamning qalbida ikkita kuch — bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi. Afsus 
bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-
yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atish osonroq»
6

Bunda ikki xil jihatga e’tibor berish lozim. Birinchisi - tor doiradagi mutaassib kuchlarning g’ayriinsoniy g’oyalarni 
yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo’li bilan 
o’zlarining muayyan maqsadlariga erishish uchun harakatiga ehtiyot va hushyor bo’lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog’lom 
kuchlarning ularga qarshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va tsivilizatsiyani saqlab qolish hamda 
rivojlantirish manfaatlari uchun kurashidir. 
Falsafiy nazariyalarning «yaxshi» yoki «yomon», «foydali» yoki «zararli» ekanini tarixiy tajriba asosida faqat bitta 
mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo’qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. Shuning 
uchun biz falsafiy g’oya va nazariyalarni baholashda o’z sub’ektiv fikrlarimizni mutlaqlashtirishdan yiroq bo’lishimiz 
lozim. 
Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men haqman, boshqalar nohaq» degan tarzda mutlaq haqiqatga da’vogarlik 
qiladigan g’oya va nazariyalar o’rtasidagi kurash og’ir oqibatlarga olib kelishini tarixiy tajriba qayta-qayta isbotlab 
bergan. 
Har qanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy g’oya va nazariyalarda o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai 
nazardan qaraganda, g’oya va nazariyalar o’rtasida doimiy kurash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri bilan 
aytganda, «hayotning o’zi turli-tuman g’oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-
mazmuni, kerak bo’lsa, falsafasi ham shunda... O’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, o’z kuchiga, o’zi tanlagan yo’lning 
to’g’riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho’chimaydi, 
6
Ислом
Каримов
. «
Донишманд
халқимизнинг
мустаҳкам
иродасига
ишонаман
» - «
Фидокор
», 2000 
йил

июн



balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid va 
intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi»
7

Falsafaning muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari bilan bog’lanib ketishi, ularning mafkurasi tarzida namoyon 
bo’lishi masalasi ham nihoyatda muhim. Shuning uchun milliy Falsafamizni rivojlantirish asosida istiqlol mafkurasini yaratish 
kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin