«Mifologiya» (mif — afsona, logos- ta’limot
degani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir
yo’nalishi
«Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi.
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar tizimi ham shakllanaverdi.
Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay
qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini ko’rsatuvchi
alomatga aylandi.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar
ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o’rganadigan alohida yo’nalishlar ham
paydo bo’ldi. Ular olamni o’z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o’rganishga yordam
beradi.
Falsafiy yo’nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, o’ziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha
aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va
imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur
qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot.