O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar
shakllandi. 
Moddiy-iqtisodiy asoslar.
Eski, sobiq ittifoq davridagi iqtisodiyot yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun 
asos bo’la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o’zgarish ro’y berdi, mulkchilikning xilma-xil shakllari 
vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo’nalish qilib olingan bo’lsa-da, aholini 
ijtimoiy himoyalash ustuvor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda ma’naviy, jumladan 
falsafiy yangilanish borasida ham tub o’zgarishlarning iqtisod bilan bog’liq asoslarini yaratish imkonini berdi. 
Ijtimoiy-siyosiy asoslar.
Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p 
bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir. Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli qatlamlari, partiyalar, 
milliy-etnik birliklarning ijtimoiy ongini o’zgartira olmasa, o’zining pirovard maqsadlarini amalga oshirishi qiyin. 
Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan O’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi 
siyosiy tizim va tuzulmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi mazmundagi falsafani shakllantirishning 
ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi. 
Ma’naviy asoslar
falsafaning yangilanishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday falsafaning 
shakllanishi mamlakatda amalga oshayotgan ma’naviy sohadagi o’zgarishlarning tarkibiy qismidir. Bu borada 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq ma’naviyatining tozalanishi, asrlar davomida yaratilgan 
qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, kelajakka etkazish bilan bog’liq faoliyatlar katta ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa, 
tarix falsafasi, xalqimizning xotirasi, o’tmishdagi avlodlar yaratgan boy madaniy merosdan to’la-to’kis foydalanish 
imkoniyati yaratilganini alohida ta’kidlash lozim. 
Falsafiy tafakkur yangilanishining mamlakatimiz hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liqligi 
quyidagi masalalarni falsafiy tahlil etishni zaruratga aylantiradi: 
- bugungi kunda ro’y berayotgan dunyoqarashni yangilash jarayonining tarixiy ildizlarini o’rganish va falsafiy tahlil 
etish; 
- sobiq ittifoqdagi ijtimoiy tanazzul va uning xalqimiz tafakkuridagi oqibatlarini tugatish; 
- istiqlolning falsafiy tafakkurni o’zgartirish uchun yangi davrni boshlab bergani; 
- mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida dunyoqarashning o’zgarishida qanday asosiy tamoyil va 
yo’nalishlar ko’zga tashlangani; 
- bugungi kunda falsafiy dunyoqarashning yangilanishiga ta’sir ko’rsatayotgan zamonaviy omillar va ularning o’ziga xos 
xususiyatlari. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin