O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Mazdak ta’limoti
yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. 
Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida halq ommasiga 
suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda 
ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga 
da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo’yish va o’ta kambag’allik 
qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga mahkum etadi. 
Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom 
etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga qarshi 
kurashlari bunga misol bo’ladi. 


Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g’oyalar bugungi kunda ham 
muhim ahamiyatiga ega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo’shtiylik, uning bosh kitobi — 
«Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik 
tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat 
nafaqat O’rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o’sha davrda 
shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon tsivilizatsiyasiga katta ta’sir 
ko’rsatgan. 
Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar 
ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi 
nihoyatda kam o’rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo’q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning 
boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham 
ana shu yo’ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to’g’risidagi maqsad-muddaolarni butunlay 
yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim 
edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik 
g’oyalariga mos kelmaydigan juda ko’p namunalarini ayovsiz yo’q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy 
boyliklarni shafqatsizlarcha g’orat qilish asosiy o’rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo’lgan 
ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini to’g’ri tushunadigan kishilar 
birinchi navbatda yo’q qilib yuborilgan. Bu to’g’rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» 
asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va 
bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va 
rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi»
11
. Ushbu asarning boshqa 
sahifasida ulug’ vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba 
xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz 
bo’lib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar»
12

Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo’lib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va 
undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan aytish g’oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon bo’ladi. Istilochilarning 
bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho’rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda 
ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan 
bebahra bo’lib qoldik. 
Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni o’rganish imkoni tug’ildi. Tarixiy xotirani 
tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hozirgi kunda 
ma’naviy hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin