O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Zardo’shtiylik ta’limoti. 
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan 
diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo’shtiylikdir. 
Bu ta’limotga Zardo’sht asos solgan bo’lib, Sharq va G’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. 
Manbalarga ko’ra, Zardo’sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy 
shaxs ekanli haqida aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg’ambarligi 
ilohiy asosga ega emas. Ya’ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan. 
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm 
zaminida paydo bo’lgan. U o’z davrida xalqni ezgulik va adolat g’oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni 
shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning g’oyalari bilan 
bog’liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o’ziga xos xususiyatlarini belgilashda 
ulkan qimmat kasb etmoqda. 
Zardo’shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, o’ziga xos 
qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va 
zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat 
falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan. 
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o’zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri 
falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o’rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo’shini mahalliy 
xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko’pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar 
bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o’qiy olmagani sababli bu 
kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to’g’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. 
Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, 
xaspo’shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o’z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan 
falsafani fan darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida 
muttasil ta’lim olgan edi. 
Binobarin, Shoh Filippning o’g’li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta’riflash 
tarix haqiqatiga to’g’ri kelmaydi. 


To’g’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bo’lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, 
balki erli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo’ygan milliy g’oyalar timsoli bo’lgan va o’z 
saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu 
ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas’ul 
deb bilgan, to’g’rirog’i, o’sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan xalqning 
«Avesto»dek buyuk kitobi bo’lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu 
zamin farzandlari uchun o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo’lib qolaverishini nihoyatda yaxshi 
tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, 
yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi 
nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. 
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, 
boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o’z tarixi va an’analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini 
talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi. Tarixning bu achchiq sabog’i mustamlakadan ozod 
bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim 
xulosa bo’lib xizmat qiladi. 
Iskandarga qarshi kurashda xalqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko’rsatadi. U 
Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko’rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi 
millatimizning o’sha davrdagi o’z davlatchiligini, o’zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan 
kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg’usi 
kuchli bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli 
bo’lmasin, agar xalq bilan birga bo’lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g’oyalarini bayroq qilib ko’tarmasa, 
haqiqiy milliy qahramon bo’lolmaydi. Spetamen esa o’sha xalqimizning ruhi, orzu-umidlari, mustamlakachilarga qarshi 
matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin