O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Dunyoqarash, falsafiy tafakkur, dunyoqarashning yangilanishi, tafakkurning o’zgarishi. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Dunyoqarashning o’zgarishi ijtimoiy taraqqiyotga qay darajada bog’liq? 
2. Dunyoqarashning o’zgarishida mamlakat mustaqilligi bosh omil va zarur sharoit bo’lib xizmat qilishi aynan 
nimalarda namoyon bo’ladi? 
3. Dunyoqarashning o’zgarishi komil insonni voyaga etkazishda qanday o’rin tutadi? 
4. Mamlakatimizda falsafiy dunyoqarash qanday asosiy yo’nalishlar asosida amalga oshmoqda? 


ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 
— T.: «O’zbekiston», 1997. 
2. Karimov I. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O’zbekiston», 1997. 
3. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T.: «O’zbekiston», 1998. 
4. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun. 
5. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
6. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b. 
7. «Osnovi filosofii». – T. «O’zbekiston», 1998. 


IKKINChI BO’LIM. 
FALSAFA TARIXI 
 
1-mavzu. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar 
Reja: 
1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy qarashlar. 
2. Zardo’shtiylik va «Avesto»da aks etgan falsafiy g’oyalar. 
3. Kushon imperiyasi davri va buddaviylik. 
4. Moniy va Mazdak ta’limoti. 
5. O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o’rganishning ahamiyati. 
Tarixni bilish, undan to’g’ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — 
buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat 
yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, 
bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan 
ma’qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. Ammo bir 
narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni to’g’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. 
Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda 
ro’y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g’oyalarning 
tug’ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatgani, qaysi mafkura 
odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni 
o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug’ullanayotgan mutaxassis 
uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to’g’ri tushunib 
bo’lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to’g’ri anglab bo’lmaydi. 
Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va 
ta’limotlar haqida qisqcha to’xtalib o’tamiz. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin