O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafiy ongning yangilanishi
— serqirra jarayon. U juda keng ijtimoiy mazmunga ega bo’lib, jamiyat ma’naviy hayoti, 
mafkurasi, madaniyati va ta’limi tizimidagi yangilanish, odamlarning ruhiy poklanishi, sobiq Ittifoqdan qolgan qaramlik 
kayfiyatidan xolos bo’lish jarayonining tarkibiy qismidir. 
Falsafiy dunyoqarash o’zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
Birinchidan
, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir 
bosqichidan ikkinchisiga o’tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzluksiz o’zgarishning tarkibiy qismidir. 
Falsafadagi yangilanish jamiyatdan, o’z davridan, ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir bo’ladigan 
hodisalar yig’indisi emas. Balki u o’zida ana shu ijtimoiy jarayonlarning barcha asosiy xususiyatlarini aks ettiradi. 
Ikkinchidan
, mustaqillikka erishgan va uni mustahkamlashga harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy 
zaruratdir. Ya’ni u tasodifiy namoyon bo’ladigan o’tkinchi hodisa emas. Balki o’tish davrining zaruriyati, jamiyatni 
tubdan isloh qilish, odamlarda yangicha tafakkurni shakllantirishdagi asosiy yo’nalishlardan biridir. 
Uchinchidan
, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat 
a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o’zgarishi hamdir. Shu ma’noda, u buyuk alloma 
bobomiz Abu Nasr Forobiy orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillashtiradigan 


jarayondir
9
. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g’oyat murakkab ruhiy o’zgarishlar, odamlarning qullik psixologiyasi 
va mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan xalos bo’lish jarayoni hamdir. 
To’rtinchidan
, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda 
o’tish davriga to’g’ri kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda yangi jihatlar vujudga keladi, odamlarning ruhiyati, 
qarashlarida tub o’zgarishlar ro’y beradi. 
Beshinchidan
, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi inkor va vorislik jarayoni hamdir. Unda, bir tomondan, o’zbek 
falsafasida azaldan mavjud bo’lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo’qota olmagan ko’p jihatlarning saqlanib qolishi 
kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqinginada ustuvor bo’lgan ko’pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o’tmishga aylanadi, 
inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi yo’nalishlar o’z o’rnini topadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin