Tarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat.
Bu munosabatlarning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafiy bilimlar o’z tarixiga ega. Haqqoniy
yoritilgan tarix milliy falsafani, mafkurani shakllantirishdagi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Tarixni bilmay turib,
mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida tarixiy haqiqat
tufayli tug’ilgan... Tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo’lsa, to’ldiradigan, taraqqiyot
jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq-qorani farqlashda asos bo’ladigan fanlardir»
8
. Afsuski, ko’pgina
qo’llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga alohida e’tibor beriladi, u haqda chuqur fikr yuritiladi. Ammo o’sha
davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu g’oyani ilgari surgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ’ib
etish bilan o’tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muhim o’rin
tutadi. Uning g’oyalari tug’ilishi uchun asos bo’ladi, bu g’oyalar qo’llanadigan ijtimoiy amaliyot bo’lib hisoblanadi.
Agar masala bu tarzda qo’yilmasa, falsafiy ta’limotning o’z davrini aks ettiradigan mohiyat-mazmuniga putur etadi,
ayniqsa o’sha davr muammolarini ijtimoiy makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida falsafaning
milliylik ruhi, xususiyatlari xiralashadi.
Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o’ziga xos muammolari va ularni hal qilishning nazariy-amaliy usul va
vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin, falsafaning o’rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafkurani shakllantirish
nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-mujassam tarzda olib qarash zarurati
paydo bo’ladi. Shuning uchun, bir tomondan, har bir falsafiy bilim yo’nalishlari tarixini millatning umumiy tarixi bilan
birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi. Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol manfaatlariga mos bo’lgan milliy istiqlol g’oyasidan ajratish mumkin emas.
O’zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bir-biri bilan bog’liq ikki omilni ko’ramiz:
birinchisi, qadimgi zardo’shtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Qur’oni karim va
hadisi sharifdagi insonparvarlik g’oyalari bo’lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda har qanday ijtimoiy
fan sohasining, shu jumladan falsafaning eng muhim vazifasi diniy va dunyoviy bilimlar o’rtasida mo’’tadil munosabat
bo’lishini ilmiy izohlash, uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir. Buning uchun din va dunyoviy fanlarning
o’zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida uyg’unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga
muvofiq. Zero, huquq, axloq, siyosat, madaniyat falsafalarining g’oyaviy-nazariy yo’nalishlarini shu masalani hal
qilishga qaratishni umuminsoniy tsivilizatsiyaning o’zi taqozo qilmoqda.
XXI asrga kelib, insoniyat g’oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi.
Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Er shari
aholisining shiddat bilan o’sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash, maorif va
madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu
masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g’oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa
tobora aniq bo’lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko’zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari
(ideallari), borliqdagi o’rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari —
barcha-barchasini ko’rsatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda
namoyon bo’ladi. Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar
o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg’ab olib,
uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa,
mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib
qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantirish, milliy
o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat
bilan ish tutishda falsafaning o’rni va ahamiyati g’oyatda ulkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g’oyaviylik, mustahkam
e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham
7
Ислом
Каримов
. «
Донишманд
халқимизнинг
мустаҳкам
иродасига
ишонаман
» - «
Фидокор
», 2000
йил
8
июн
.
8
Ислом
Каримов
. «
Донишманд
халқимизнинг
мустаҳкам
иродасига
ишонаман
» - «
Фидокор
», 2000
йил
8
июн
.
umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga
yordam beradi.