O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Bahouddin Naqshband
(1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil 
— ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo’lib, bu dunyoni unutib 
qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo’li esa mehnatda bo’lmog’i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari 
singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi. 
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. 
Tariqat esa, o’zidan kechish, fano bo’lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog’lanish. Demak, 
shariat — qonun, tariqat — yo’l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo’l esa ko’ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan 
bahramand qiladi. 
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o’rin tutgan. Ular ma’naviy 
taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo’lib, o’z ta’sirini haligacha yo’qotmagan. 
Vatanimiz tsivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta 
bo’lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning 
bag’rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur 
uyg’onish davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o’rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy 
siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. O’sha davrda jahon 
miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga 
aylandi. 
Diniy bag’rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.
Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin 
Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy 
falsafaning muhim muammolaridan biri bo’lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini 
chetlab o’tmagan. 
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin 
Marg’inoniylar peshqadamlik qilganlar. 
Imom Buxoriy 
(810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to’plagan, ulardan 
ishonchli deb topganlirini maxsus to’plam holiga keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin