Birinchidan,
hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy
sistemalar o’rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k.) bo’lib, bular shartli ravishda
«intersotsial» muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu
kabilarni ham qamrab oladi.
22
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
XXI
аср
бўсағасида
:
хавфсизликка
таҳдид
,
барқарорлик
шартлари
,
тараққиёт
кафолотлари
. –
Т
.: «
Ўзбекистон
»
1997, 4-
бет
.
Ikkinchidan,
«Inson va jamiyat» o’rtasidagi munosabat bilan bog’liq muammolar bo’lib, bularga ilmiy-texnika
taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko’payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi («Demografik portlash»,
kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o’zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi)
shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan,
«inson — tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, aholini oziq — ovqat va
ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar
tasirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o’rnini va ahamiyatini to’g’ri anglagan holdagina
masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.
Xuddi shuningdek, sof ijtimoiy global muammolarning echimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib
ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan
umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish
kerakligini hayotning o’zi taqozo etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyatlar yuklaydi.
Insoniyatning kelajagi to’g’risida tarixda turli-tuman bashoratlar mavjud, ular bir necha xillarga bo’linadi. Masalan,
xalqimizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bo’lgan muqaddas «Avesto» yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda
insoniyatning kelgusi istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon yo’naltirishga harakat qilgan.
Bunday bashoratlar diniy mazmunga asoslangan bo’lib, o’z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan edi. «Avesto»da
Zardo’sht o’limidan so’ng 3000 yil o’tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman
yovuzligi ustidan to’la g’alab qozonadi, deya ishonch bildirilgan edi.
Ikkinchi xil bashoratlar o’rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham G’arb mamlakatlarida keng shuhrat qozonayotgan
bir qator G’arb futurologiyasi mazmuniga ega. G’arb futurologiyasining mashhur namoyandalaridan fon Karman,
E. Shervin, G. Kan va boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro halokati yoki boshqa bir umumbashariy
global muammolar bilan bog’lab pessimistik manzaralarni chizib ko’rsatishga urinadilar.
Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli to’g’risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968 yilda A. Pechchei tomonidan
asos solingan «Rim klubi» a’zolari bo’lgan J. Forrester, D. Medouz, Ya. Tinbergan, A. King va boshqalar tomonidan
tayyorlangan hisobotlarning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubha ostida
qoldirayotgan umubashariy muammolar ko’lamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilinayotgan
zug’umning mudhish oqibatlari qanday bo’lishi to’g’risida jiddiy mulohazalar yuritiladi. «Rim klubi» a’zolari
tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo’lib, unda asosan tajriba sinovidan o’tgan bilimlar va
mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to’g’risida muhim ilmiy xulosalar bayon
qilingan.
Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi imstiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy
muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning echimi umuminsoniy mushtarak manfaatlari yo’lida
hamjihatlikda qilingan sa’y-harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan,
1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti
edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus
olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel
F. Kyuri taklifini qo’llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo’lib
qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga
bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy
adabiyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio-Kyuri,
M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo qo’yilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyul
kuni B. Rassel tomonidan o’tkazilgan press-konferentsiyada «Rassel-Eynshteyn manifesti» nomi bilan shuhrat
qozongan, butun er yuzi aholisiga, siyosiy va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingan. U hozirgi
paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda «Biz yangicha
fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o’z-o’zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarining harbiy g’alabasini ta’minlash
uchun nimalar qilish zarur deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo’lishi mumkinligi
to’g’risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding deb so’rashimiz kerak», — degan so’zlar bor edi.
«Rassel-Eynshteyn manifesti» chop etilganiga ham mana 45 yil o’tdi. Bu vaqt mobaynida yadro qurollarini ishlab
chiqish va sinab ko’rish ko’lami bir necha barobar ko’paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o’tgan yarim asr
mobaynida qurollanishga 16-18 trl. dollar mablag’ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1 trl. dollar
miqdorida mablag’ ajratilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag’ 3,4-3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.
Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi kurash
tadbirlari uchun bir yilda 28-30 mln. dollar ajratishini, Xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKOning bir yillik byudjeti 950-
980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi.
Harbiy-sanoat o’z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu sarf-harajatlar o’sish sur’atining
tezligiga qarab beixtiyor o’z kelajagimiz to’g’risida xomush xayollar og’ushida qolmasdan iloj yo’q. Bu soha faqat
tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmasdan, balki, o’ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini ham o’z
izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo’nalishiga asosiy to’siq bo’lib
qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |