Xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot
markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko’mirning
45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to’g’ri kelar ekan. Ana shunday holatni
xom-ashyoning boshqa turlari to’g’risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, 90-yillarda ishlab chiqarilgan
xom-ashyo miqdori 60-70-yillardagiga qaraganda 1,5-2 barobar ko’paygan.
Er yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xom-ashyo resurslari bilan ta’minlash
imkoniyatlari, hosildor erlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, shuningdek boshqa xom-ashyo
zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Vujudga kelgan ekologik vaziyat, tabiiy muhitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir
etmasdan qolmaydi. Boshqa tomondan esa, fan-texnika taraqqiyotining ko’lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
darajasini xom-ashyo resurslari, foydali qazilmalari bilan etarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan soqit
qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga ko’ra, jahon mamlakatlarining har
biri o’zi ishlab chiqargan yalpi milliy maxsulotning 3-5% miqdorida mablag’ ajratishi zarur. Demak, xar yili o’rta hisob bilan
650-850 mlrd. dollar hajmida mablag’ ajratilishi talab etiladi.
Juda ko’p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligidan kiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu
mamlakatlardan 42-45% km
3
hajmida sanoatdan chiqqan iflos oqava suvlar suv havzalari, ko’l, dengiz, okean suvlarini
o’zining zaharli tarkibi bilan bulg’amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suvlariga bo’lgan extiyoj dunyo
miqiyosida asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3-2,5 barobar oshdi.