O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Tsivilizatsiyali rivojlanish va mulkiy plyuralizm



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tsivilizatsiyali rivojlanish va mulkiy plyuralizm.
Bozor munosabatlari sharoitida mahsulot sifati va 
samaradorligini yaxshilashning muhim qonuniyatlaridan biri raqobatli muhitni yaratish, kishilarda xo’jayinlik hissini 
shakllantirish, mehnat mahsuliga egalik qilish, shaxsiy manfaatdorlik va uni davlat manfaatlari bilan bog’lash muhim 
tamoyil sifatida joriy etila boshlandi. Mehnatni tashkil etish jarayonida kishilarning kasbiy mahorati, bilimi, tajribasi, 
ko’nikma va malakasi, mehnat madaniyati, mehnatni tashkil etishga ijodiy yondashish kishilarning mehnat va mulkka 
bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi mezonga aylandi. 
Mulk nima? Har bir inson o’zining ongli faoliyatida mulkka ega bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu mulk insonning 
aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida yaratilgan va uning barqaror yashashi uchun kafolat beradigan moddiy va intellektual boylikdir. 
Mulk avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishi ham mumkin. Mulk mulkdorning tasarrufida bo’lgan barcha tirikchilik 
va ishlab chiqarish vositalaridir. Mulkning shaxsiy, xususiy, jamoa, davlat mulki singari shakllari mavjud. Mulk egasi 
o’z tasarrufidagi mulkni avaylab-asraydi, tejaydi, undan oqilona foydalanadi va muttasil ravishda ko’paytirishga harakat 
qiladi. 
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat xususiy mulkni qo’llab-quvvatlaydi, mulkchilikning turli shakllarini 
rivojlantiradi, xususiy mulk daxlsizligini huquqiy kafolatlaydi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun 
imtiyozli kreditlar berishni yo’lga qo’yadi. Bu esa ularning mulkdor bo’lishi, o’rta mulkdorlar sinfining shakllanishi 
uchun keng imkoniyat yaratadi. 
Mustaqillik sharoitida aqliy mehnat mahsuli bo’lgan fan, san’at asarlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ta’lim-
tarbiyaning yangi kontseptsiyalarini yaratish intellektual mulk hisoblanadi. Intellektual mulk egasi o’z mehnati 
mahsulini o’z xohishicha tasarruf etadi. Bunday mulkning qadr-qimmati, bahosi, sifati, jamiyatda tutgan o’rni raqobatli 
muhitda yaqqol namoyon bo’ladi. Intellektual mulkning talabgori, buyurtmachisi davlat va jamiyatdir. 
Mehnat jarayonida yaratiladigan har qanday mahsulot o’z qiymatiga ega bo’ladi. Qiymat mahsulotda o’z ifodasini 
topadigan xodimning aqliy va jismoniy kuchi, qobiliyati, bilimi, sarflagan vaqti, xom ashyo, yoqilg’i, energiya, yo’l 
xarajatlari uchun mablag’i va hokazolardir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishga kamroq xarajat qilib, ko’proq foyda 
olishga intiladi. Foyda bozor munosabatlari sharoitida amal qiladigan muhim qonuniyatlardan biridir. Xususiy 
mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o’rin tutadi. Hozirgi paytda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy-
iqtisodiy jihatdan teran idrok etish, yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish ularning jahon 
tsivilizatsiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko’rsatishi uchun zamin yaratadi. 
O’zbekistondagi demokratik jarayonlar jahon tsivilizatsiyasi bilan uyg’unlashishning yana bir imkoniyatidir. 
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borishida demokratik jarayonlarni va rivojlangan davlatlarning siyosiy 
tajribalarini ijodiy o’rganish va hayotga tatbiq etish muhim o’rin tutadi. 


O’zbekiston qonunchiligini xalqaro huquq talablariga muvofiqlashtirish, nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish, 
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlariga bo’lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida 
saylash, fikrlar xilma-xilligi va ko’ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni hayotga tatbiq etish, 
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borayotganidan dalolat beradi. 
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga kirib borishidagi tajribalarini falsafiy idrok etish va umumlashtirish 
ayniqsa muhimdir. Prezident I.A. Karimovning qator asarlarida yuksak ma’naviyat jamiyat taraqqiyotida muhim omil 
ekanligi to’g’risidagi g’oya yangicha falsafiy tafakkurning metodologik asosi, jahon taraqqiyoti tajribalariga 
tayanishning yorqin namunasidir. Milliy g’oya va milliy mafkura o’zida mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasiga 
qo’shilish nazariyasi, yo’llarini yaqqol aks ettiradi. 
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilish tajribasi, uning milliy g’oyasi va mafkurasi rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining muhim xususiyatlarini va 
O’zbekistonning tsivilizatsiyali taraqqiyot yo’lidan jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishini, milliy g’oya va mafkurani 
falsafiy idrok etish talabalarda vatan tuyg’usi, ma’rifatparvarlik, milliy g’urur, burch, masuliyat hissini tarbiyalashga 
yordam beradi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin