O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafaning evristik funktsiyasi
(«evrika» grekcha so’z bo’lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik 
vazifasi bilan bog’liq bo’lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf 
etishni xarakterlaydi. Shu bilan birgalikda bu funktsiyaga o’zini o’zi anglashni, milliy o’zlikni anglashni ham kiritish 
maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o’zligini anglashi o’z tarixining haqqoniy qirralarini va kelajak 
istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi. 
Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. I
nsonning ma’naviy barkamollikka etishishida falsafaning o’rni va 
ahamiyati kattadir. Xususan, «Axloq falsafasi» kishida yuksak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik, 
g’oyaviylik, e’tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni his etish tuyg’ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi» 
huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa xuquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy 
jihatlardan ishlab chiqadi. «Tabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos ahamiyatga ega. Insonning 
tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni 
muhofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi. 
Falsafaning praksiologik funktsiyasi
falsafiy g’oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi. 
Har qanday amaliy faoliyat mustahkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuningdek, falsafaning bu funktsiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham o’z 
ichiga oladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini 
belgilab beradi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o’rganish inson va jamiyatning ma’naviy 
kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo’llarini topish 
imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy tsivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin