IKKINChI BO’LIM.
FALSAFA TARIXI
1-mavzu. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar
Reja:
1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy qarashlar.
2. Zardo’shtiylik va «Avesto»da aks etgan falsafiy g’oyalar.
3. Kushon imperiyasi davri va buddaviylik.
4. Moniy va Mazdak ta’limoti.
5. O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o’rganishning ahamiyati.
Tarixni bilish, undan to’g’ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix —
buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat
yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi,
bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan
ma’qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. Ammo bir
narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni to’g’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q.
Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda
ro’y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g’oyalarning
tug’ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatgani, qaysi mafkura
odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni
o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug’ullanayotgan mutaxassis
uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to’g’ri tushunib
bo’lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to’g’ri anglab bo’lmaydi.
Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va
ta’limotlar haqida qisqcha to’xtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: