olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Tszining ta’kidlashicha,
olamda hech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harakatsiz holda bo’lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar
o’rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan’ orasidagi munosabat — bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar
manbaidir. In va Yan o’rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi,
o’zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko’rsatishi lozim. Bo’lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda
baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Tszi bu o’rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari
kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o’ch oladi», degan edi Lao-Tszi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan
bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo’lish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash,
odamlar o’rtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi xalqlarga xos bo’lgan falsafaning bosh g’oyalaridir.
O’sha, hamma narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari odamlarni tabiatni asrashga, insonni
qadrlashga chaqirgani bejiz emas. Ular insoniyat hayotiga xavf soladigan darajaga etmay turib, u boradagi muammolarning
oldini olish to’g’risida juda ibratli o’gitlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chuqurroq o’rgangan odam o’sha davr
mutafakkirlari hozirgi zamon tsivilizatsiyasi qarshisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni
ogohlantirganligining guvohi bo’lishi mumkin. Gap bu ogohlantirishni eshitish, ularni o’zlashtirish va hayotning qonuniga
aylantirishda edi, xolos. Afsuski, odamzod nasli o’zi yaratgan buyuk daholarning barcha o’gitlariga hamma vaqt ham quloq
solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar qilingan, ammo ulardan o’z vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga
ko’hna tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik
to’g’risidagi da’vatlari eskirgani yo’q. Yillar, asrlar o’tishi ularning qadrini tushirmaydi. Zero, bu ta’limotlar insoniyatning
o’tda yonmas va suvda cho’kmas umuminsoniy qadriyatlari to’g’risidadir.
Dostları ilə paylaş: