jarayondir
9
. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g’oyat murakkab ruhiy o’zgarishlar, odamlarning qullik psixologiyasi
va mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan xalos bo’lish jarayoni hamdir.
To’rtinchidan
, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda
o’tish davriga to’g’ri kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda yangi jihatlar vujudga keladi, odamlarning ruhiyati,
qarashlarida tub o’zgarishlar ro’y beradi.
Beshinchidan
, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi inkor va vorislik jarayoni hamdir. Unda, bir tomondan, o’zbek
falsafasida azaldan mavjud bo’lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo’qota olmagan ko’p jihatlarning saqlanib qolishi
kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqinginada ustuvor bo’lgan ko’pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o’tmishga aylanadi,
inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi yo’nalishlar o’z o’rnini topadi.
Dostları ilə paylaş: