2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida
iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va
aloqalarining o’sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g’oyalarga tayanadi.
Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg’ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos
holda kechadi. Bu esa, o’z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o’zgarishlar to’g’risida halqimizda to’g’ri tasavvur va tushunchalarni
hosil qilib borish lozimligini ko’rsatadi.
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va
tafakkurida amaliy tus olishi uchun O’zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g’oyalarni amalga
oshirish yo’lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g’oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot
tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
Shu o’rinda O’zbekistonda qabul qilinayotgan qonun va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan
g’oya va xulosalar, takliflarni keng xalq ommasi ongiga etkazish benihoya muhim va dolzarb ekanini ta’kidlash joiz.
Chunki huquqiy jamiyat va ma’rifatli, barkamol inson tushunchalari o’zaro bog’liqdir.
Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog’lom jamiyatni ham ana shunday kishilar yarata oladi. Ularni voyaga etkazmay
turib, jamiyatdagi yangilanishning asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish to’g’risida fikr yuritish qiyin.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning
qadriga etish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda
falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos. Shu bois o’z xalqi tarixini, o’z milliy madaniyatini, urf-odat
va an’analarini yaxshi biladigan, milliy g’ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir. Bu esa
jamiyat a’zolarida fikr erkinligini tarbiyalashni taqozo qiladi.
6.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko’ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari
takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti
uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o’zgarishlar kabi,
avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.
Mamlakatimizda bu borada juda keng ko’lamli ishlar boshlab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon
talablari darajasiga etkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida g’oyatda mas’uliyatli
vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o’zi bir necha yillarga
mo’ljallangan keng ko’lamli faoliyat yo’nalishlarini nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy
sohalardagi taraqqiyot vazifalari o’zaro uyg’unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura
borasidagi nazariy faoliyat, targ’ibot va tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zaruratga
aylanib bormoqda.
Falsafiy dunyoqarash tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun muayyan imkoniyatlarga ega. Ular quyidagilarda
ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi: birinchidan, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o’rnatilgan; ikkinchidan,
aholining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy haq-huquqlari qonuniy asosda kafolatlangan; uchinchidan, jamiyatning barcha
sohalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda; to’rtinchidan, mamlakat
aholisining ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etgan.
Bularning barchasi falsafiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini samarali hal qilishga asos bo’lmoqda. Galdagi
vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylantirishda har birimiz o’z mas’ulligimizni qay darajada sezishimiz
va qanday faoliyat yuritishimizga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: