O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafaning vazifalari (funktsiyalari)



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafaning vazifalari (funktsiyalari).
Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni va ahamiyati uning dunyoqarashni 
shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funktsiyalari) bilan belgilanadi. 
Bundan avvalgi ma’ruzamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to’xtalib 
o’tgan edik. Ushbu ma’ruzada esa, unga qo’shimcha qilib, falsafa fan sifatida dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday 
vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz. 
Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi: 
- birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan 
nazariy g’oyalar darajasiga ko’tarilish jarayonini, mifologik dunyoqarashdan farqlarini; 
- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo’nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-
biri bilan g’oyaviy hamkorlik qilish va uyg’unlashuv tamoyilini; 
- uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon 
bo’ladi. 
Falsafa fanining uslubiy vazifasi
ni izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish lozim. 
Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o’rganishga yo’naltirilgan eng umumiy tamoyillar, usul va vositalar 
tizimidir. Metodologiya so’zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta’limot, degan 
ma’noni anglatadi. Shu ma’noda falsafa boshqa fanlar uchun metodologiyadir. 
Falsafaning gnoseologik vazifasi
, uning borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratishi bilan bog’liq. 
Bunda bilimlarning haqiqiyligi masalasi asosiy o’rin tutadi. Falsafaning gnoseologik funktsiyasi, ong va dunyoni bilish 
masalasiga bag’ishlangan ma’ruzalarimizda ancha batafsil ma’lumotlar berish ko’zda tutilgan. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin