O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Кщнвейр лента узб 2

17.2. Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash 
 
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish 
bu mashinaning ishga 
yaroqliligini ta’minlash bo’yicha ishlar kompleksi bo’lib, u mashinani 
va uning detallarini tez yeyilishdan saqlashga yo’naltirilgan. 
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish majburiy tartibda olib boriladi. 
Texnik xizmat ko’rsatish (TXK) quyidagi turlarga bo’linali: 
-
har smenadagi texnik xizmat ko’rsatish (STXK) ish boshlanishidan 
oldin yoki ish tugagandan keyin o’tkaziladi; 
-
davriy (TXK – 1; TxK – 2; TXK - 3) mashinani tayyorlagan zavod 
tomonidan belgilangan bo’lib, mashina belgilangan soat davomida 
ishlagandan so’ng o’tkaziladi; 
-
mavsumiy, yiliga ikki marta mashinalarni yozgi va qishki 
mavsumga tayyorlashda o’tkaziladi. 
STXK tarkibiga mashinani ko’rsatilgan tartibda moylash, 
mashinani ishga tushishidan oldin uning harakatlanuvchi qismlarini, 
yurish qismini, tormozlarini, yoritgichlarini, signallarini, avtomatik 
boshqaruv qismlarini tekshirish kabi jarayonlar kiradi. STXK ga 
ketadigan mehnat sarfi qurilish – montaj va ta’mirlash ishlari uchun 
chiqarilgan yagona narx me’yorida ko’rsatilgan.
Texnik xizmat ko’rsatishda mashina tozalanadi, yuviladi, detallar, 
agregatlar, gidrouzatma tizimlari, ishchi qurilmalar holati tekshiriladi va 
nazorat qilinadi, aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi, mahkamlash, 
nazorat-sozlash 
va 
moylash 
ishlari 
olib 
boriladi. 
TXK-1 
o’tkazilayotganda STXK dagi hamma ishlar bajariladi, TXK-2 
o’tkazilayotganda TXK-1 dagi hamma ishlar olib boriladi. TXK-3 
ishlari esa joriy ta’mirlash bilan birga olib boriladi. 
Mashinalarga mavsumiy xizmat ko’rsatishga hamda uzoq muddatli 
saqlashga qo’yilganda o’tkaziladigan texnik qarovlarga katta talablar 
qo’yiladi. Mavsumiy texnik qarovda mashinalar kuzgi, qishki va 
bahorgi-yozgi mavsumga tayyorlanadi: mashina sistemalari (to’xtatish, 


217 
sovutish, moylash, gidro va boshqalar) moy va suyuqliklari 
mavsumiylariga almashtiriladi, isituvchi jihozlarni, dvigatelni yurgizib 
yuboruvchi asboblar o’rnatiladi yoki olib qo’yiladi. Moylovchi 
materiallar va texnik suyuqliklar almashtirilayotganda, tegishli 
sistemalar yuvib yuborilishi kerak. 
Mashinalarni saqlashga qo’yayotganda ko’rsatiladigan texnik 
xizmatda bajariladigan ishlar tarkibi saqlashning muddatiga va 
mashinadan foydalanish bo’yicha belgilangan hujjatlarda ko’rsatilgan 
ishlarga bog’liq. Umumiy holatda mashina saqlashga qo’yilayotganda, 
uni obdon tozalab yuviladi, shilingan yoki o’chib ketgan bo’yoqlar qayta 
bo’yaladi, navbatdagi TXK o’tkaziladi, sistemalar yuviladi va yangi 
foydalaniladigan suyuqliklar to’ldiriladi, yeyiluvchi (korroziyaga 
uchrovchi) metall qismlarga yeyilishga qarshi moy suriladi, mashina 
yog’in-sochindan himoya qilinadi. 
Mashinalar saqlanish davomida davriy ravishda konservatsion 
qarovdan o’tkaziladi. 
Texnik xizmat ko’rsatishda diagnostik tekshiruvga katta e’tibor 
beriladi, ba’zi bir detallarning sinishini yoki muddatidan oldin ishdan 
chiqishining oldini olishga, mashina turli qismlarining holati haqida 
ma’lumot olishga, oldindan ta’mirlab detallarning kam sarf bo’lishiga, 
mashinalarni muddatidan oldin buzilmasligiga, mashinani yaxshi 
holatda bo’lishiga imkon beradi. Ko’chma diagnostik asboblar 
yordamida dvigatel ko’rsatkichlari, elektr va gidrosistemalarning 
holatiga baho beriladi. Dvigatel karteridan olingan moy nusxasidan 
spektrofotometr asbobi yordamida uning qanchalik eskirgani, undagi suv 
va antifriz miqdori, temir, alyuminiy va mis kontsentratsiyasi aniqlanadi. 
Tekshirishning bu turida moy sistemasidagi metall zarrachalari 
kontsentratsiyasining o’zgarish qonuniyati hisobga olinadi. Zarrachalar 
kontsetratsiyasining 
ko’payishi yeyilishining tezlashganligi va 
birikmalarining ish rejimi buzilganligidan darak beradi. Ana shunday 
tekshiruvlar asosida rejadan tashqari texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash 
o’tkazish, detalni tiklash yoki almashtirish haqida xulosa chiqariladi. 
Ayniqsa, gidrouzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishga va 
diagnostik tekshirishga alohida ahamiyat berish kerak. 
Gidrouzatmalarda yuqori aniqlikda ishlangan ishqalanuvchi juftlar 
ishlatiladi. Hajmiy gidrouzatmali mashinalardan foydalanish tajribasi va 
uning tahlili shuni ko’rsatadiki, iqlimiy sharoit, ishchi suyuqliklarning 
foydalanishdagi xossalari va tozalik darajasi, tindirgichlarning 
muntazam almashtirib turilishi, shuningdek, sifatli texnik qarov 


218 
o’tkazish gidrouzatmalarning uzoq ishlashiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi 
omillardan hisoblanadi. 
Gidrosistemaning nosozligini aniqlash, odatda, bir necha 
bosqichda olib boriladi. Avval ko’zdan kechiriladi, so’ngra ish rejimida 
tekshiriladi va oxirida stendda maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. 
Ko’zdan kechirish dvigatel ishlamayotgan paytda o’tkaziladi. Dastavval 
suyuqlik va filtrlarning oxirgi marta almashtirilgan vaqti aniqlanadi, 
so’ngra filtrlarning tozaligi va ularda mavjud metall va rezina 
zarrachalari bag’olanadi. Quvurli o’tkazgichlarda, birikmalarda va 
tsilindr-larda moy oqishi aniqlanadi. Boshqarishning richagli mexanizm-
lari tekshiriladi, sozlanadi. Ish rejimidagi tekshiruv yuksiz harakatda va 
me’yoridagi yuklanishda tekshiriladi. Bunda ishchi harakatlarning 
davomiyligi tekshiriladi va uni ruxsat etilgani bilan solishtiriladi. 
Harakatning 
belgilangandan 
ko’p bo’lishi nasosning ishdan 
chiqqanligidan dalolat beradi, saqlash klapanlarining nosozligi tsilindr-
porshen birikmasida germetiklikning yo’qolganidan darak beradi. 
Buzilgan joyni aniqlash, ularning sababi va xarakterini bilish uchun 
maxsus diagnostik asboblar bilan jihozlangan ko’pgina diagnostika 
postlaridan foydalaniladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin