O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 Mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik me’yorlariga rioya



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Кщнвейр лента узб 2

17.4. Mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik me’yorlariga rioya 
qilishni nazorat qiluvchi davlat mahkamalari va jamoat 
tashkilotlari 
Davlat mahkamalari va jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab 
chiqarishda mehnat muhofazasiga rioya qilish ustidan nazorat 
o’rnatilgandir. 
Bunday nazoratlar davlat prokuratura nazorati, davlat tog’-texnika 
nazorati, davlat energiya nazorati, davlat sanitariya nazorati, davlat 
yong’in nazorati idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar 
o’z faoliyati davomida korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydi. 
Davlat tog’-texnika nazorati – Vazirlar Mahkamasi qoshidagi 
davlat nazorati qo’mitasi tomonidan sanoat va tog’ ishlari bo’yicha 
nazorat olib boradi. Uning tarkibida barcha tashkilotlar uchun bajarilishi 
majbur bo’lgan ko’rsatmalarni ishlab chiquvchi bir nechta inspektsiyalar 
mavjud. Davlat tog’-texnika nazorati talablarining qurilish ishlariga 
tegishli qismlari yuk ko’tarish kranlaridan xavfsiz foydalanish 
qoidalarida, lift qurilishlaridan to’g’ri va xavfsiz foydalanish 
qoidalarida, bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va ulardan 
xavfsiz foydalanish qoidalarida, shuningdek, portlatish ishlarini olib 
borish ko’rsatmalarida aks etgan. 
Davlat energiya nazorati qo’mitasi energiya qurilmalarni to’g’ri 
bajarilishini, elektrik va issiqlik qurilmalaridan foydalanishni nazorat 
qiladi. 
Davlat sanitariya nazorati – Sog’liqni saqlash vazirligining bosh 
sanitariya-epidemiologik boshqarmasi bo’lib, hamma tashkilotlardagi 
sanitar-gigienik me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qiladi. 
Davlat yong’in nazorati – Ichki ishlar vazirligining yong’in 
xavfsizligi 
bosh 
boshqarmasi 
tashkilotlarni 
va 
imoratlarni 
rejalashtirishda, shuningdek, qurilish-tiklash ishlarini olib borishda 
yong’inga qarshi tadbirlar ishlab chiqadi va ularni nazorat qiladi. 
Mahkama va jamoat nazorati. Mahkama qaramog’idagi korxona va 
qurilishlarda mehnat muhofazasini tashkil qilish va nazorat qilish 
vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. SHuningdek, mehnatni muhofaza 
qilish qonunlarini nazorat qilish kasaba uyushmalari zimmasiga 
yuklatilgan, ular buni texnik inspektsiyalar orqali olib boradi. SHunday 
qilib, qurilish-montaj ishlarida va qurilish materiallari ishlab chiqarish 
sanoatida mehnat xavfsizligi masalalarini qurilish va qurilish 
materiallari sanoati ishchilari kasaba uyushmalari Markaziy qo’mitasi, 


225 
Davlat qurilish qo’mitasi va muvofiq ravishda vazirliklar va mahkamalar 
hal qiladi. 
Ishlab chiqarish tashkilotlarida mehnat muhofazasiga javobgarlik 
bevosita tashkilot rahbariga yuklatiladi. Mashinalarning ishga yaroqli 
holatda turishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash shu mashinalar 
qaramog’ida bo’lgan tashkilotlarga yuklatiladi; ishlab chiqarish mehnat 
muhofazasini ta’minlash ishlab chiqarish korxonasi zimmasiga 
yuklanadi, ishchilarni mehnat muhofazasi qoidalariga o’qitish shu 
ishchilar ishlayotgan korxona zimmasiga yuklanadi. 
Intizomiy javobgarlik – mansabini pasaytirish, egallab turgan 
lavozimidan bo’shatish; ma’muriy – jarima solish, zararni undirib olish; 
jinoiy – qoidaga rioya qilmaslik og’ir tan jarohatiga olib kelgan holda 
jinoiy javobgarlikka tortish.


226 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin