O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Gidravlik testerni ulash sxemasi



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Кщнвейр лента узб 2

17.1-rasm. Gidravlik testerni ulash sxemasi. 
1-nasos, 2-tester, 3-saqlash klapani, 4-taqsimlagich, 5-tsilindr,
6-bak, 7-uchlik. 


219 
Mashinalarning o’zida diagnostika qilish uchun yengil va qulay 
bo’lgan nasoslarning ish unumini, moyning haroratini va 
gidrosistemadagi moyning ishchi bosimini yuqori aniqlikda o’lchash 
uchun gidravlik testerlar (drosselrasxodomer) dan foydalansa bo’ladi. 
Bunda suyuqlik oqimi pribor korpusidagi kiritish teshigi orqali 
o’tkaziladi. Drosselning yuklovchi klapani orqali ko’ndalang kesim 
o’lchamini o’zgartirish mumkin va shu bilan birga sistemadagi 
monometr orqali o’lchanadigan bosimni katta chegarada o’zgartirish 
mumkin. Gidravlik sistemaning xossalarini o’lchayotganda gidravlik 
testerni ikki xil ulash mumkin. 
Ketma-ket ulashda (17.1-rasm) testerning kirish teshigi ma’lum 
elementlar (nasos, ehtiyot klapani, gidrotaqsimlagich) dan so’ng ulanadi, 
chiqish teshigi esa gidravlik bak bilan ulanadi. So’ngra valning bir xil 
aylanish tezligida drossel yordamida sun’iy ravishda yuklangan va 
yuksiz holatda suyuqlik oqimi o’lchanadi. 
Ikkala ko’rsatkich orasidagi farq nasosdan testerning ulanish 
nuqtasigacha bo’lgan sistema elementlaridagi suyuqlik oqishini 
belgilaydi. Suyuqlik oqishi bo’yicha olingan ma’lumotlar oqishning 
ruxsat etilgan miqdori bilan solishtirilib, sistema elementlarining texnik 
holati aniqlanadi. Testerni saqlash klapanidan keyin joylashtirib, drossel 
yordamida yuklanishi o’zgartirib uni to’g’ri sozlanganligini aniqlash 
mumkin. 
Boshqa ulashda tester uchlik orqali, nasosdan keyin ulanadi. 
Testerning ochiq holatdagi yuklash klapani va suyuqlikning tsilindrga 
ishchi bosimda kelishi (yuklash klapani berk holatda) orasidagi farq 
butun sistemadagi oqishni belgilaydi. Taqsimlagich o’chirilganda 
suyuqlik oqimining asbob orqali o’tishining to’xtashi saqlash 
klapanining ochilishiga mos keladi. Bu holda tester monometri 
ko’rsatkichlari saqlash klapanining sozlanganligini ifodalaydi. Oqish 
joyini va miqdorini bilish uchun testerdagi yuklash klapanlarining ochiq 
va yopiq bo’lgan holatda, nasosdan eng uzoq bo’lgan elementdan 
boshlab, gidrosistema elementlarini ketma-ket o’chirib suyuqlik sarfi 
o’lchanadi. Testerdan foydalanganda mashina konstruktsiyasining 
qismlarini ulash, shuningdek, gidrosistemaning alohida elementlarini 
o’chirish mumkinligi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak (o’lchashning 
ikkinchi sxemasi). 
Joriy ta’mirlash (T).
Joriy ta’mirlash rejali ravishda, shuningdek, 
diagnostik ma’lumotlarga asoslangan holda o’tkaziladi. Bunda texnik 
qarov o’tkazilishidagi barcha ishlar bajariladi, qisman mashina 


220 
qismlarga ajratiladi, ba’zi detallar tiklanadi yoki almashtiriladi. 
Tayyorlash ishlariga payvandlash, slesarlik va dastgoh ishlari, yeyilgan 
detallar va yuzalarga metall qoplash ham kiradi. 
Agregat – birikma usuli
– joriy ta’mirlashning asosiy usuli 
hisoblanadi. Murakkab bo’lmagan joriy ta’mirlash ish joyida boshqarma 
qaramog’idagi ta’mirlash-foydalanish bazalaridagi ko’chma ustaxonalar 
yordamida o’tkaziladi. Joriy ta’mirlashning ba’zi murakkab turlari 
almashtirish uchun g’amlab qo’yilgan ehtiyot qismlari bo’lgan statsionar 
va yarim statsionar ustaxonalar yordamida bajariladi. Kapital 
ta’mirlashni talab qiluvchi qismlar maxsus ta’mirlash korxonalarida 
tiklanadi. 
Gidrouskunalar 
maxsus 
ta’mirlash 
korxonalarida 
zavod 
texnologiyasi va jihozlaridan foydalangan holda IT5-IT6 kvalitet 
aniqligida ta’mirlanadi. Ta’mirlangan gidrouzatma detallari maxsus 
stendlarda 
texnik 
shartlarga 
muvofiq 
sinovlardan 
o’tadi. 
Gidrouskunalarni joriy ta’mirlaganda ular sozlanadi, shuningdek ba’zi 
bir 
mayda nosozliklar tuzatiladi. Jiddiy nosozliklari bo’lgan 
gidrouskunalar yangisiga yoki ta’mirlanganiga almashtiriladi. 
Kapital ta’mirlash (K).
Kapital ta’mirlash ehtiyojga qarab 
o’tkaziladi. Kapital ta’mirlash haqida shu mashina qaramog’ida bo’lgan 
korxona bosh muxandisi yoki bosh mexanigi rahbarligidagi maxsus 
komissiya qaror qabul qiladi. Mashinaning texnik va iqtisodiy 
ko’rsatkichlari kapital ta’mirlashni o’tkazish va o’tkazmaslik haqidagi 
qabul qilinadigan qarorga asos bo’ladi. Mashinani kapital ta’mirlashga 
asos 
bo’ladigan eng ko’p uchraydigan texnik ko’rsatkichlar 
quyidagilardir: mashinaning faqat to’la qismlarga ajratib ta’mirlanadigan 
asosiy detallarini (stanina, rama, kuzov), bir necha murakkab 
birikmalarni, dvigatelni, quvvat tanlash reduktori, uzatmalar qutisini 
shikastlanganligidir. Agarda bunday agregatlarni joriy ta’mirlash bilan 
tiklab bo’lmasa yoki shu agregatlarni ta’mirlash uchun mashinani to’la 
qismlarga ajratish zarur bo’lsa, bunday vaziyatda mashina kapital 
ta’mirlanadi.
Kuzatishlar va diagnostika ma’lumotlariga asoslanib turib, agarda 
mashinada ishlash resursi bo’lsa, komissi mashinani yana ma’lum bir 
muddat davomida ishlashiga ruxsat berishi mumkin. Bunday holatlarda 
tegishli dalolatnoma tuziladi. 
Mashinalarni 
kapital 
ta’mirlash 
markazlashgan 
maxsus 
ta’mirlashzavodlarida o’tkaziladi. Kapital ta’mirlashning ikkita asosiy 
turi 
mavjud: 
shaxssizlantirilgan 
va 
shaxssizlantirilmagan. 


221 
Ta’mirlashning shaxssizlantirilmagan usulida agregatlardagi tiklanishi 
kerak bo’lgan detallar ta’mirlanayotganda ularni shu mashinaga tegishli 
ekanligi hisobga olinadi. Ta’mirlangan detallar shu mashinaga qo’yiladi. 
Ta’mirlashning shaxssizlantirilgan usulida ta’mirlanishi kerak bo’lgan 
detallar boshqasi bilan almashtiriladi yoki oldindan ta’mirlangani 
qo’yiladi. Ta’mirlashning bu turi ta’mirlashning agregat usuli deyiladi. 
Agregat usulining keng qo’llanishi ta’mirlash muddatini kamaytirishga 
va sifatini yaxshilashga imkon beradi. Odatda, ilg’or ta’mirlash 
korxonalarida ta’mirlangan detallarning ish resursi yangi detal ish 
resursining 80% ni tashkil qiladi. 
Mashina saroyining va ularning yillik ish hajmining ko’payishi 
ehtiyot qismlarga bo’lgan talabni oshiradi. SHu bilan bir vaqtda ehtiyot 
qismlar yetishmasligi sababli mashinalarning turib qolishi kamayadi. 
Ehtiyot 
qismlarni 
yetkazib 
berish 
bilan 
ularni 
ishlatishning 
nomutanosibligi ehtiyot qismlarni g’amlashni talab qiladi. 
Ehtiyot qismlarning miqdori, ularning tarkibi, shuningdek ularni 
tashish usullari saqlashga, transportirovka, boshqarishga ketadigan 
harajatlarga ta’sir qiladi. 
Mamlakatimiz 
va 
chet 
ellarda 
yig’ilgan 
tajribalarning 
ko’rsatishicha, oz harajat sarflab ehtiyot qismlar bilan ta’minlashning 
qulay yo’llarini topish mumkin. Buning asosida iste’molchilar 
buyurtmalarini hisobga olib, ma’lum bir mashina detaliga bo’lgan 
talabni o’rganish, tayyorlovchi zavodlardan va ta’mirlashdan kelgan 
ehtiyot qismlarning g’amlanishi, foydalanilgan detallar hisobi, mavjud 
ehtiyot qismlarni ko’rikdan o’tkazish, iste’molchiga ehtiyot qismlarni 
yetkazib berish va hokazolar yotadi. Detallar quyidagicha farqlanadi:
-
ko’p miqdorda talab qilinadigan (A guruh) – nomenklatura 
bo’yicha 10% ni, narxi bo’yicha 90 % ni tashkil qiladi; 
-
kam talab qilinadigan (V guruh) – nomenklatura bo’yicha 15% ni, 
narxi bo’yicha 6% ni tashkil qiladi; 
-
juda oz talab qilinadigan (S guruh) – nomenklatura bo’yicha 75% 
ni, narxi bo’yicha 4% ni tashkil qiladi. 
Birinchi darajali omborlarda ehtiyot qismlarning hamma turi 
saqlanadi, ya’ni nomenklaturadagi AVS guruh detallarining 100%, 
ikkinchi darajali omborlarda nomenklaturadagi ehtiyot qismlarning 30% 
(A va V guruh), uchinchi darajali omborlarda A guruhidagi 10%, 
to’rtinchi darajali omborlarda esa nomenklaturadagi ehtiyot qismlarning 
A guruhidagi 5% saqlanadi, 1 va 2 darajali omborxonalarda 3...4 oylik 
ehtiyot qism, 3....4 darajali omborlarda esa 1...2 oylik ehtiyot qismlar 


222 
saqlanadi, 3...4 darajadagi omborxonalar hududlar bo’yicha joriy 
ta’mirlash va texnik qarovni qo’shib olib boradi.

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin