95
7.5-rasm. Kovshli konveyer sxemasi.
Konveyerlar yuruvchi qismidagi kovshlarning o’zaro joylashuvi
bo’yicha – jips va ajratib joylashtirilgan kovshli konveyerlarga
bo’linadi.
Jips kovshlar yukni to’xtovsiz uzatish uchun ishlatiladi. Ajratib
joylashtirilgan kovshlar yukni portsiyalab uzatishda ishlatiladi. Kovshli
konveyerlarning afzalligi: yeyilishining kamligi va undagi yukning
maydalanmasligi, gorizontal uchastkaning kerakli joyida bo’shatish
mumkinligi va oddiyligi. Kamchiligi: konstruktsiyasi murakkabligi,
yuruvchi qismining o’z og’irligi qattiqligi, qimmat turishi, tez yurganda
konveyerlarni chayqalishi, yuklanishga o’ta sezgirligi.
Dostları ilə paylaş: