150
kran massasining 50...80 foizini tashkil etuvchi ko’prik kranlarda
qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, yuk ko’taruvchanligi kichik bo’lgan kranlarda (Q=5...10
t), ko’prigining uzunligi katta bo’lgan
kranlarda yengil metall
qotishmalarini qo’llash ma’qul bo’ldi. Bu esa kranlarning massasini
kamaytirish bilan (50 % gacha) birga strelalarining qulochini 15...20 %
ga uzaytirish, yuk ko’taruvchanligini 20...25 % oshirish imkonini beradi.
Yengil metall qotishmalarini qo’llash kranlarning dinamik ish
rejimlarini yaxshilaydi.
Ammo alyuminiy qotishmalarining bo’ylama
elastiklik moduli
kichik (taxminan 7
10 MPa). Bu esa konstruktsiyaning siqilgan
elementlarining
ustuvorligini
kamaytiradi
va
issiqlik
ta’sirida
deformatsiyalanishini orttiradi.
Kranlarning
metall
konstruktsiyalari
turli
usullar
bilan
tayyorlanadi. Ma’lum hisoblar asosida konstruktsiya elementlarini
tayyorlab, so’ngra ular bir-biriga biriktiriladi.
Biriktirish-parchinlash, payvandlash
va yelimlash usullari bilan
bajariladi. Bu usullar ichida eng ko’p qo’llaniladigan payvandlash
usulidir. Payvandlash qo’lda, yarim avtomatik usulda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: