3.3. Bir cho’michli yuklagichlar
Bir cho’michli yuklagichlar yurish qismiga ko’ra g’ildirakli va
zanjirli bo’lib, davriy mashinalar turkumiga kiradi hamda, sochiluvchan
va donali materiallarni yuklash uchun ishlatiladi. Bir cho’michli
yuklagichlar yuk ko’taruvchanligi bo’yicha 4 guruhga bo’linadi: 1)
yengil (0,1...0,6 t gacha), 2) o’rta (0,6...4,0 t gacha), 3) og’ir (4,0...10,0 t
gacha) va 4) o’ta og’ir (10 t dan ortiq).
Yuklagichlar harakat qurilmalari turiga qarab gusenitsali va
pnevmog’ildirakli bo’ladi.
Bir cho’michli yuklagichlar traktorlar bazasiga o’rnatiladi.
Gusenitsali yuklagichlarga qaraganda g’ildirakli yuklagichlar ancha
manyovrchanligi, o’tuvchanligi va harakat tezligining yuqori ekanligi
bilan ajralib turadi. Yuklagichlar ishchi qismiga qarab old tomonidan
yuklagich (frontal), yon tomonidan yuklagich (yarim buriluvchi) va
o’zining ustidan oshirib tashlovchi yuklagichlarga bo’linadi.
Yuritmasiga qarab elektr yuritmali va ichki yonuv dvigatelli bo’ladi.
29
Old tomondan (frontal) yuklagich
. Mashina bazasiga mustahkam
sharnir orqali ramaga o’rnatiladi (3.2-rasm). Yuklagichning asosiy
ishchi qismi yakka cho’mich bo’lib, u strela oldiga joylashgan.
Frontal yuklagichlarning asosiy qismlari ishchi qism, strela,
richagli mexanizm va ikki tomonli harakatlanuvchi gidrotsilindrdan
iborat.
Yakka cho’michli yuklagichlar ish jarayoni davomida cho’michni
sochiluvchan yuklar uyumiga botirib olib, ko’taruvchi strela yordamida
ko’tarib, uni bo’shatiladigan joyga olib boradi.
3.2-rasm. Old tomondan yuklovchi bir cho’michli yuklagich.
a) umumiy ko’rinish; b) kinematik sxemasi.
Oddiy cho’michlar o’rniga maxsus cho’michlar o’rnatilsa, tog’
jinslari va shunga o’xshash yuklarni ham yuklashi mumkin. Agar
cho’mich o’rniga almashtiriluvchi jihozlar o’rnatilsa, ular bir necha
yordamchi: montaj qilish, tozalash, qor yig’ish va hokazo ishlarni ham
bajarishi mumkin.
Yarim buriluvchi yuklagichlar
. Yarim buriluvchi yuklagichlarning
frontal yuklagichlardan afzalligi shundaki, bu mashinalar yuklarni old
tomonidan va ikki yon tomoniga 90
burchakka burilishi bilan yuklarni
ortadi (3.3-rasm). Bu yuklagich burilishi uchun ketgan vaqtni tejab
qoladi va binolar ichida hamda oraliqlarda ishlash uchun qulay.
Yarim buriluvchi yuklagichning oldi tomonidan yuklagichdan
farqi, mashina buriluvchi platformaga joylashgan bo’ladi, rama esa
buriluvchi tayanch qurilmaga o’rnatiladi va u mashina bazasining
yuruvchi ramasiga tayanib turadi.
|