46
avtomobillarini, Keremchuk avtomobil zavodi 11 tonnagacha yuk
ko’tara oladigan KrAZ-256 B avtomobillarini ishlab chiqara boshladi.
Bu avtomobilga Yaroslavl motor zavodida ishlab chiqarilayotgan sifati
yaxshilangan zamonaviy YaMZ-238A dizel dvigateli o’rnatildi. Minsk
avtomobil zavodi 95 tonnagacha yuk ko’tara oladigan MAZ-6422
markali avtomobillarni va shimol, janub sharoitida qiyin yo’llarda
yurishga mo’ljallangan har xil o’zgartirilgan nusxalarini, Belarussiya
avtomobil zavodi 110 tgacha yuk ko’tara oladigan BelAZ-522
avtopoezdini ishlab chiqarmoqda.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 0,3…1,0 t,
kichik vazn- 1,0…3,0 t, o’rtacha vazn 3,0…5,0 t, katta vazn 5,0…8,0 t
va juda katta vazn 8,0 t dan ortiq yuk ko’taradigan avtomobillarga
bo’linadi.
Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan har xil ishbop kuzovli
transport avtomobillarida xilma-xil yuklar tashiladi va bunday
avtomobillar umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar deb ataladi.
Sochiluvchan yuklar, yukni o’zi ag’daradigan (samosval) transport
avtomobillarida, suyuqliklar tsisternali avtomobilda, ko’pchilik oziq-
ovqatlar esa refrijirator-furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar
ixtisoslashtirilgan avtomobillar
deyiladi. Transport avtomobillarining
kuzovlarida bir vaqtning o’zida yo’lovchi va yuk tashilsa yuk-passajir
avtomobillari deb yuritiladi. Bunday avtomobillar asosan yengil
avtomobillar turkumiga kirib, ular universal kuzovga ega.
Dostları ilə paylaş: