50
yuklarni tashishga mo’ljallangan. Bunday yuklarni transportirovka
qilishda o’ziga xos xususiyatlari va sharoitlarni inobatga olish zarur.
SHuning uchun bunday yuklarni trans-portirovka qiluvchi avtomobillar
maxsus qurilma va uskunalar bilan jihozlangan bo’ladi.
Sanoatda maxsus avtomobillarni qo’llash ish unumdorligini
oshishi, mahsulot sifatini saqlanishi va tannarxni kamayishi imkoniyatini
tug’diradi. Hozirgi davr sanoat korxonalarini
maxsus avtomobillarsiz
tasavvur qilish qiyin.
Bu turdagi transport vositalari tashishda o’ziga xos shart-sharoitlari
bilan farq qiluvchi bir yoki bir necha o’zaro o’xshash (bir jinsli) yuklarni
tashishga mo’ljallangan, ular yuklarni qurilish ob’ektlariga to’la va
yaxshi sifatli holda yetkazib berish hamda yuklash-tashish ishlarida
kompleks mexanizatsiyani ta’minlovchi moslama va qurilmalar bilan
jihozlangan bo’ladi.
Ko’pchilik maxsus transport vositalari tirkama va yarim
tirkamalardan iborat bo’lib,
ular yuk avtomobillari, pnevmog’ildirakli
shatakchilar va traktorlarga almashib tirkab ishlatiladi, bu esa baza
mashinalaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
Hozirgi zamon maxsus transport vositalari tuproq sochiluvchan va
palaxsasimon yuklarni (samosvallar), suyuq va yarim suyuq yuklarni
(bitum, ohak, beton va korishma tashuvchilar),
kukunsimon yuklarni
(sement tashuvchi), mayda donali va idishga solingan yuklarni
(konteyner tashuvchi), uzun o’lchamli yuklarni (truba, metall, yog’och
tashuvchilar), temir-beton kons- truktsiyalarni (panel, ferma, plita, balka,
blok, santexkabina tashuvchilar) texnologik uskunalar va qurilish
mashinalarini (og’ir yuk tashuvchilar) tashish uchun mo’ljallangan.
Maxsus avtomobillar turkumiga avtomobil-samosval,
avtomobil-
furgon, avtomobil-tsisterna, maxsus truba, panel va fermalarni
transportlovchi mashinalar kiradi. Ko’pchilik
maxsus transportlovchi
vositalar shataklanuvchi va yarim shatakl-anuvchilarni shataklash uchun
mo’ljallanadi, shuning uchun, bunday mashinalar bazasini ishlatish juda
effektivdir.
Avtomobil-samosvallar yuklarni tog’orasimon, trapetsiya nusxa va
to’g’ri to’rtburchak ko’rinishdagi, orqa va yon tomonga ag’dariladigan
kuzovlarda tashiydi. Vazifalariga ko’ra maxsus karerlar uchun va
umumqurilish ishlariga mo’ljallangan universal samosvallar (5.6-rasm)
bo’ladi. Universal samosvallar 4 – 30 t gacha yuk ko’tara oladi va
tuproq, shag’al, chaqiqtosh hum, asfalt, beton
aralashmasi va qurilish
qorishmasi hamda unga o’xshaganlarni tashish uchun xizmat qiladi.
51
Hozirgi universal samosvallar yuk avtomobillari bazasida ishlab
chiqarilib, ular gidravlik ko’targich mexanizmlar bilan jihozlangan.
Ularning gidrotsilindrlari vertikal, gorizontal va qiya ko’rinishda bo’lib,
avtomobil ramasiga, kuzov oldi qismining tagiga yoki bortining old
tomoniga (5.6- rasm,
a)
joylashtirilgan bo’lishi mumkin.
Qurilishda avtomobil-samosval mashina va tirkama ag’darma
mashina yoki o’rindiqli shatakchi va yarim tirkamalardan iborat o’zi
ag’daradigan avtopoezdlar keng qo’llanmoqda (5.3-rasm).
Avtomobil-
samosval mashinalar ikki tomonga, tirkama-ag’darma mashinalar esa
ikki tomonga va orqaga ag’darishi mumkin.
a) b)
Dostları ilə paylaş: