5.7-rasm. Ferma tashuvchi avtopoezd.
5.8-rasm. Santexkabina tashuvchi.
Yarim tirkama – santexkabina va blok tashuvchilar (5.8-rasm)
qurilish-montaj ishlaridagi katta hajmli elementlarni (birxillashtirilgan
sanitariya-texnika
kabinalari,
blok-xonalar,
zinalar),
texnologik
jihozlarni (liftlar, transformatorlar, turli qozonlar, bunkerlar, baklarning
bo’lmalari va boshqalar) va konteynerlarni tashish uchun xizmat qiladi.
Tuzilishi jihatidan rama turidagi panel tashuvchilarga o’xshaydi va yuk
maydonchalarini past joylashganligi va maxsus mahkamlash vositalari
yo’qligi bilan farq qiladi.
Yarim tirkamalar – santexkabina va blok tashuvchilar kasseta
turidagi payvandlanib tayyorlangan profillardan iborat bo’lib, oldingi
qismi avtomobil – shatakchining’ tirkash qurilmasiga, orqa kismi esa bir
va ikki o’qli, boshqariladigan va boshqarilmaydigan g’ildirakli
aravachalarga
tiranib
turadi.
Ular
mexanik
yoki
gidravlik
56
boshqariladigan tayanch qurilmalari bilan jihozlanadi. Yuk ko’tarish
qobiliyati 4…30 t atrofida.
Katta og’irlikka va o’lchamlarga ega bo’lgan jihozlar va qurilish
mashinalarini tashish uchun uch, to’rt va olti o’qli ko’p g’ildirakli
tirkama va yarim tirkamalar – og’ir yuk tashuvchilar dan foydalaniladi,
ular 20...120 t yuk ko’tara oladi va platformasi past joylashgan bo’ladi.
Tirkamalar va trayler- lar ballastli yarim tirkamalar esa tirkash
qurilmasiga ega bo’lgan shatakchi avtomobil yordamida tortib yuriladi.
5.4. Gusenitsali va g’ildirakli traktorlar
Gusenitsali yoki g’ildirakli traktorlardan (5.9-rasm) foydalanish
samaradorligi ular ishlaydigan yerga (tuproq va sharoitga) bog’liq.
G’ildirakli traktorlar tezligi va harakatchanligi jihatidan ustunlikka ega.
O’ta nam yerlarda shinalarning tuproqqa ilashishi gusenitsali
traktorlarnikiga qaraganda kamroq, maxsus qoplamali yerlarda esa
deyarli bir xil.
Gusenitsali traktorlar toshli va kattiq yerlarda, qiyaliklarda, nam
yerlarda va ish sharoiti og’ir bo’lgan joylarda samarali ishlaydi.
Nominal tortish kuchiga binoan traktorlar tortish kuchi 300 kN dan
ortiq bo’lgan o’ta og’ir, 200-300 kN bo’lgan og’ir 140-200 kN bo’lgan
o’rtacha og’ir, 25-130 kN bo’lgan yengil va 25 kN dan kam bo’lgan o’ta
yengil turlarga bo’linadi.
Traktor sanoati 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60, 90, 100, 150, 200, 250,
350 va 500 kN tortish kuchiga ega gusenitsali va g’ildirakli traktorlar
ishlab chiqaradi. G’ildirakli traktorlarning tezligi 40 km/soatgacha,
gusenitsalilarning tezligi esa 10-12 km/soatgacha bo’ladi. Tuproqqa
tushadigan bosim kuchi g’ildirakli traktorlarda 0,2-0,35 MPA,
gusenitsalilar uchun 0,1 MPa ga yetadi.
|